Iravadi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iravadi
Tavsif
Uzunligi 2 170[1]
Suv sarfi 13 000 m³/s
Joylashuvi
Davlat Myanma
Iravadi


Iravadi, Irravadi — Myanmadagi eng katta dare. Uzunligi 2150 km, havzasining mayd. 430 ming km2. Himolay togʻlarining sharqiy tarmoqlaridan (Xitoyda) boshlanib, asosan, shim.dan jan.gatomon oqadi. I.ningyuqori qismi va irmoklari tor daralardan oʻtadi, bu qismida ostona koʻp. Shan togʻlaridan oʻtgan joylarida oʻzani tor (100–50 m). Oʻrta va quyi oqimi Iravadi tekisligidan oqadi. Quyilish yeridan 300 km yuqorida botqoq va chan-galzor deltasi (mayd. 30 ming km2) boshlanadi. I.ning ikkita yirik tar-mogʻida kema qatnaydi. Daryo suvi An-daman dengiziga yiliga 250 mln. t oqiziq keltiradi. I.ningrejimi mussonli, aprel—avg .da toʻlib oqadi, suv sathi bu vaqtda 8–11 m gacha koʻtariladi. Tez-tez suv toshqinlari boʻlib turadi. Suv sarfi quyi qismida 13—14 ming m3/sek, baʼzida 20 ming m3/sek ga yetadi. Quyilish yeridan 1100 km ma-sofada (yozda 1440 km gacha) kema qatnaydi. I.dan yogʻoch oqizishda, oʻrta va quyi qismida sugʻorishda foydalaniladi. I. boʻyida Mandalay, Yangon sh.lari bor.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil