Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti
Ishga tushgan sanasi 1985
Joylashuvi Tehron, Eron
Vebsayti www.eco.int
Til(lar)i ingliz tili
ECO Map.png va Economic Cooperation Organization.png

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) (inglizcha: Economic Cooperation Organization) — aʼzo mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy, fan va tex-nikaviy hamkorligi boʻyicha tashkil etilgan xalqaro mintaqaviy tashkilot. ITH Islom konferensiyasi tashkiloti va BMTda kuzatuvchi statusiga ega.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iqtisodiy Hamkorlik Tashkilotining 10-Sammitiga bagʻishlangan Ozarbayjon markasi

IHT 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlikni Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 70-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan oʻz faoliyatini boshladi. 1992-yilning 28-noyabrida Pokiston poytaxti Islomobod shahrida aʼzo davlatlar Tashqi Ishlar Vazirlari kengashining favqulodda yigʻlishida Afgʻoniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston davlatlari IHTga aʼzo boʻldilar. Tashkilotning asosiy maqsadlari: tashkilotga aʼzo boʻlgan davlatlar oʻrtasida iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, savdo-sotiqni kengaytirish, har bir aʼzo davlatda iqtisodiy oʻsish va aholining turmush darajasini koʻtarish uchun shart-sharoitlar yaratish, aʼzo davlatlarning maʼnaviy va madaniy aloqalarini kuchaytirish va boshqa maqsadlarni koʻzda tutadi.

Tashkilot organlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilotning asosiy organlari: Tashqi Ishlar Vazirlarining Kengashi, Doimiy vakillar va mintaqaviy rejalashtirish kengashlari hamda kotibiyatdan iborat. IHT kotibiyatini Bosh Kotib boshqaradi. Kotibiyat 6 ta maxsus direktorat (savdo, transport va kommunikatsiyalar, energetika, mineral resurslar va atrof muhitni himoya qilish, sanoat va qoʻshma korxonalar, iqtisodiy tadqiqotlar va statistika, loyihaviy tadqiqotlar)dan iborat. IHTning mintaqaviy muassasalari: kemachilik kompaniyasi, "EKOEYR" aviakompaniyasi, savdo va rivojlanish banki, qayta sugʻurtalash kompaniyasi, madaniyat instituti, fan fondi va taʼlim institutidan iborat.

Aʼzo davlatlar boshliqlari, Hukumat raislari, Delegatsiyalarining eng muhim iqtisodiy va boshqa masalalar boʻyicha yigʻilish va uchrashuvlari muntazam oʻtkazib turiladi. Tashkilotga aʼzo davlatlar rahbarlarining 6-uchrashuvi Tehronda oʻtdi (2000-yil, 910-iyul). Tashkilot idorasi Eron poytaxti Tehronda joylashgan.

Aʼzo davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammitlar va Bosh kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammitlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sammitlar va mezbon davlatlar
Sammit Sana Davlat Shahar
1-chi Fevral 16-17, 1992 Eron bayrogʻi Eron Tehron
2-chi 6-7-may 1993-yil Turkiya bayrogʻi Turkiya Istanbul
3-chi 14-15-may 1995-yil Pokiston bayrogʻi Pokiston Islomobod
4-chi 14-may 1996-yil Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Ashxobod
Favqulodda 14-may 1997-yil Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Ashxobod
5-chi 11-may 1998-yil Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston Olmota
6-chi 10 Iyun 2000 Eron bayrogʻi Eron Tehron
7-chi 14 Oktabr 2002 Turkiya bayrogʻi Turkiya Istanbul
8-chi 14 Sentabr 2004 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Dushanbe
9-chi 5-may 2006-yil Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon Baku
10-chi 11 Mart 2009 Eron bayrogʻi Eron Tehron
11-chi 23 Dekabr 2010 Turkiya bayrogʻi Turkiya Istanbul
12-chi 16 Oktabr 2012 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon Baku
13-chi 1 Mart 2017 [2][3] Pokiston bayrogʻi Pokiston Islomobod
14-chi 4-mart 2021 Turkiya bayrogʻi Turkiya Virtual
15-chi 28-noyabr 2021-yil Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston Ashxobod
16-chi 8-9 noyabr 2023-yil[4] Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston Toshkent

Bosh kotiblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Ismi Millati Davri
1 Alirizo Saloriy[5] Eron 1988 - 1992
2 Shamshod Ahmad Pokiston 1992 - 1996
3 Önder Özar Turkiya 1996 - 2000
4 Abdulrahim Kavahiy Eron 2000 - 2002
5 Sayad Mujtaba Arastu Eron 2002 - 2003
6 Bekjassar Norboyev Qozogʻiston 2003 - 2004
7 Asxat Orazbay Qozogʻiston 2004 - 2006
8 Xurshid Anvar Pokiston 2006 - 2009
9 Yahyo Marufi Afgʻoniston 2009 - 2012
10 Shomil Alaskerov Ozarbayjon 2012 - 2015
11 Halil İbrahim Akça Turkiya Avgust 2015 - Avgust 2018
12 Hadi Suleymanpur Eron Avgust 2018 - Avgust 2021
13 Khusrav Noziri Tojikiston bayrogʻi Tojikiston Avgust 2021 - Hozirgacha
manba 1. Koyibiyat (Wayback Machine saytida 2018-12-24 sanasida arxivlangan)

2. IHT sayti ma'lumotlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „arxiv nusxasi“. 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-iyun. (Wayback Machine saytida 2017-02-28 sanasida arxivlangan)
  3. „Pakistan to host 13-chi IHT sammiti in Islamabad next week“. Dawn (25-fevral 2017-yil). 2017-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-fevral 2017-yil.
  4. „8-noyabrdan 10-noyabrgacha Toshkentning qator markaziy ko‘chalari yopiladi“ (2004-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2004-yil 23-noyabr.
  5. „ECO Secretary Generals“. Ecosecretariat.org. 2018-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-fevral. (Wayback Machine saytida 2018-12-24 sanasida arxivlangan)