Ingush tili

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ing'ush tili
Milliy nomi: ГIалгIай мотт
Mamlakatlar: Rossiya Rossiya
Mintaqalar:
Rasmiylik holati:  Ingush Respublikasi
So`zlashuvchilar umumiy soni: 305 868[1]
Tartiblovchi tashkilot:
O`rni:
Holati:
Turkumlanishi
Turkum:
Hind-evropa
Alifbosi: kirill
Til kodlari
ISO 639-1
ISO 639-2 inh
ISO 639-3 inh
Shuningdek qarang: Loyiha:Tilshunoslik

Ingush tili — jgushlar tili. Iber-kavkaz tillarinit nax guruhiga mansub. Bu tilda soʻzlashuvchilarning asosiy qismi Ingushiya Respublikasida istiqomat qiladi. I.t. chechen tilita yaqin turadi, unda taxm. 237 ming kishi soʻzlashadi (1992). Adabiy til Ingushi-yaning tekislik qismida yashovchi aholining soʻzlashuv tili asosida shakllangan. I.t.da portlovchi, boʻgʻizda hosil boʻladigan undosh va unli tovushlar koʻp. Grammatik qurilishi oʻziga xos boʻlib, grammatik sinflar (6 ta), ergativ tuzilmalar bor, shaxslar boʻyicha tuslanish yoʻq. Koʻp kelishikli turlanish mavjud. Feʼllar zamonda, mayl, sonda oʻzgaradi. I.t. lugʻat tarkibida arab, turkiy, fors, rus tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. 20a. boshlarigacha yozuv boʻlmagan, hoz. yozuvi kirill alifbosi asosida.[2]

Ingʻush tili — ingʻush xalqining tili.

Iberiy-kavkaz tillarining nax-dogʻiston guruhiga kiradi. Chechen tiliga juda yaqin. Adabiy tili xalqning soʻzlash tili asosiga shakllangan. Ingʻush tilining alifbosi avvallarilotin alifbosi asosida (1920 — 38), keyin (1938-yildan) kirill alifbosi asosida tashkil topgan. Hozirgi ingʻush tili alifbosida 46-ta harf bor. 10-turli kelishik qoʻshimchalari bor. Lugʻat tarkibida rus, arab, fors, turkiy tillaridan kirgan juda koʻp soʻzlar kirgan. Grammatik tuzulishi ergativ konstruksiyali.

Manbalar[tahrir]