Immanuel Wallerstein

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Immanuel Wallerstein talafuzzi: Immanuel Vallerstayn ( 28 sentabr, 1930 yil, New York) yashab turgan zamonamizni, bizni o’rab turgan ijtimoiy-siyosiy sistemalarni ochiq va ravshan tushuntirib bera oladigan eng obro'li jamiyatshunoslardan biri hisoblanadi. Ayni onda Immanuel Wallerstein Yale Universitetida Senior Research Scholar ( Yetakchi Tadqiqotchi Olim) bo'lib faoliyat ko'rsatadi.

Professor Wallerstein PhD diplomini 1959 yilda Columbia Universitetidan olgan. U International Sociological Association - Xalqaro Jamiyatshunoslik Assosiasiyasining sobiq Prezidenti va 1993-1995 yillarda Gulbenkian Ijtimoiy Fanlarni Qayta Qurish Komissiyasining raisi bo'lgan.

Immanuel Wallerstein asarlari asosan uch o'q atrofida to'plangan: zamonaviy dunyo tizimining tarixiy shakllanishi; kapitalist dunyo-iqtisodiyatining bo'hroni; va, bilim shakl-qurilmalari.

Havolalar[tahrir]