Iker Casillas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Iker Casillas
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Iker Casillas Fernández
Tavallud sanasi 20-may 1981-yil (1981-05-20) (42 yosh)
Tavallud joyi MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya
Boʻyi 182 sm
Ampluasi darvozabon
Laqabi Don Iker Ikerman Avliyo Iker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Iker Casillas FC Porto
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1990–1998 Real Madrid
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1998–2015
2015-h.v
Real Madrid
FC Porto
(510 (-525)
40 (-32))
Milliy terma jamoa
2000–2016 Ispaniya (167 (-94))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Iker Kasilyas Fernandes (ispancha: Iker Casillas Fernández; 20 may 1981, Mostoles, Madrid) — Ispaniyalik futbolchi, darvozabon, Real Madrid jamoasi va Ispaniya terma jamoasi Sardori, 2 Karra Yevropa chempioni 2008 2012 va Jahon chempioni 2010 Ispaniya terma jamoasida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan oʻyinchi hisoblanadi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasilyas 20 may 1981 yili Madridda tugʻildi. Otasi Xose Luis Kasilyas ta'lim vazirligi ishchisi, onasi esa sartarosh edi. Uning ota-onasi Navalakruz (Avila)dan koʻchib kelishgan edi. Iker hali bolaligida u Baskda yashadi, lekin u har doim Madridni oʻzining qadrdon shahri deb hisoblardi. Kasilyasning oʻzidan yetti yosh kichkina Unay degan ukasi bor. U CD Mostoles klubi sharafini himoya qiladi.

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iker 8 yoshida Realga kelib qoʻshildi va butun faoliyatini shu jamoada oʻtkazmoqda. Kasilyas Ispaniya terma jamoasida oʻynadi va u 1999 yili Meridiana kubogi va yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida gʻalaba qozondi. 1999/2000 yidagi mavsumda oʻzini koʻrsata oldi — u jarohatlangan Bodo Illgner oʻrniga maydonga tushdi va Chempionlar ligasi finalida Valensiya bilan boʻlgan oʻyinda jamoadoshlariga yordam berib, chempion boʻlishga erishdi. Tez orada Kasilyas oʻz jismoniy holatini yoʻqota boshladi va uning oʻrniga asosiy tarkibda Sezar maydonga tusha boshladi. Lekin Iker oʻzining asosiy tarkibdagi joyini Chempionlar ligasi finalida Bayer bilan boʻlgan oʻyinidan soʻng yana qaytarib oldi. Ushbu oʻyinda maydonga tushganidan soʻng, bir necha chiroylik “Seyv”larni amalga oshirishi orqali uning jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozonishiga sabab boʻldi. 2002/03 mavsumda darvozabon birinchi raqam ostida maydonga tusha boshladi va hech qanday jarohatlarsiz Chempionlar ligasida 15 ta oʻyinda, milliy chempionatda 38 ta oʻyinda oʻz jamoaning sharafini himoya qildi va jamoa chempionlikka erishdi.
2003/04 mavsumda u atigi bir dona oʻyinni oʻtkazib yubordi. Lekin bu narsa Qirollik klubiga yordam bermadi. Oʻsha mavsumda chempionlikni saqlay olmadi va Ispaniya kubogi finalida magʻlubiyatga uchradi.

Milliy terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shvedlar bilan oʻyindagi debyutidan soʻng, u zahira darvozabon sifatida EURO-2000 yuborildi va u musobaqada birorta ham oʻyinga tushirilgani yoʻq. Ikki yildan soʻng, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi jahon chempionatidagi oʻyinlarda Santyago Kanisaresning dublyori boʻlishi kerak edi. Lekin Kanisares soʻnggi lahzalarda jarohat olishi va tarkibdan chiqib ketishi Kasilyasning jahon chempionati final bosqichida debyut qilishiga (Paragvayga qarshi oʻyin) zamin yaratdi. U irlandlar bilan boʻlgan oʻyinda qahramonga aylandi – ispanlar penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib, chorakfinalga yoʻl olishdi. Iker EURO-2004 saralash bosqichida 8 ta oʻyinda maydonga tushdi va u oʻyinlarda 4 ta gol oʻtkazib yubordi. Shuningdek, Kasilyas turnirning final bosqichida ham asosiy darvozabon boʻldi va guruh bosqichidan turnirni tark etishdi. EURO-2008 musobaqasida u terma jamoa sardori boʻldi va musobaqadagi barcha oʻyinlarda ishtirok etdi (Gretsiya bilan boʻlgan, hech narsani hal qilmaydigan oʻyindan tashqari). Ular bu musobaqada gʻalaba qozonib, Yevropa chempioni nomiga sazovor boʻlishdi. Jahon chempionati-2010da ham terma jamoa sardori boʻldi va bu musobaqada ham gʻolib boʻlib, tarixda birinchi marta Ispaniya terma jamoasini jahon chempioni boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. FIFA esa Iker Kasilyasni Jahon chempionatidagi eng yaxshi darvozabon deb tan oldi.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • UEFA U-15 Championship: 1995[1]
  • UEFA U-16 Championship: 1997
  • UEFA-CAF Meridian Cup: 1999
  • FIFA World Youth Championship: 1999
  • Yevropa chempioni: 2008, 2012
  • Jahon chempioni: 2010

Personal[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Royal Order of Sporting Merit (Gold Medal): 2009–10 [2]
  • Favourite son of Navalacruz: 2010 [3]
  • Favourite son of Móstoles: 2010 [4]

Shaxsiy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bravo Mukofoti: 2000
  • Don Balón Mukofoti: Breakthrough Player 2000
  • UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2007, 2008, 2009, 2010, 2011[5]
  • Zamora trofeyi: 2007–08
  • UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2008[6], 2012[7]
  • FIFA World XI: 2008, 2009, 2010, 2011, 2012
  • FIFA/FIFPro Jahonning eng yaxshi darvozaboni: 2008, 2009, 2010, 2011
  • IFFHS Eng yaxshi darvozabon: 2008, 2009, 2010, 2011, 2012
  • FIFA.com Yilning ramziy jamoasi: 2008[8]
  • FIFA Jahon chempionati oltin qoʻlqopi: 2010 [9]
  • FIFA Jahon chempionati yulduzlar jamoasi: 2010
  • Asturiya shahzodasi mukofoti: 2012

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yildan boshlab, ispan sport teleboshlovchisi boʻlmish Sara Karbonero bilan munosabatda boʻlib yuribdi.

Xayriya ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2011 yili oʻz xohishiga binoan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mingyillik dasturining koʻngilli elchisi boʻlib tayinlandi.
  • 2011 yil 28 dekabrda yoshlar oʻrtasida ishsizlikka qarshi xayriya oʻyinini tashkil etdi. Oʻyinda mashxur insonlar qatnashishdi. Ularni orasida Real Madridning oʻyinchisi Esteban Granero, Migel Torres, Xose Antonio Reyes, Ruben De La Red, Fabio Kannavaro, Fernando Yerro, shuningdek, boshqa ispan sportchilari va artislati Alexandro Sanz, David Bustamante, Serxio Garsiya, Ektor Barbera va Alvaro Bautistalar qatnashishdi.

Qiziqarli faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hozirda dunyodagi eng kuchli darvozabon Iker Kasilyas yana bir mashxur darvozabon Petr Chex bilan bir kunda tugʻilgan ekan (20 may). Iker Chexdan bir yoshga katta.
  • Barselona yarim himoyachisi Xavi bilan qalin doʻst.
  • Yana bir eng yaqin doʻstlaridan biri – Serxio Ramos.
  • 2007 yili Iker Jaume Serraning “Gol 2: Hayot xuddi orzu” nomli toʻliq metrajli filmida oʻzini oʻynadi. Shuningdek, bir qancha yana mashxur futbolchilar ham ishtirok etishdi: Ivan Elguera, Serxio Ramos, Roberto Karlos, Devid Bekxem, Raul Gonsalez, Zayniddin Zidan, Ronaldo, Robinyo, Michel Salgado, Stiv Makmanaman, Tierri Anri, Sesk Fabregas, Freddi Yungberg, Yens Leman va murabbiy Arsen Venger.
  • 2011 yil 28 dekabrda oʻtkazilishi rejalashtirgan xayriya oʻyindan oldin ovqatdan allergiya qoʻzib, yuzi shishib ketdi. Bu voqeani u "Koʻrinishim xuddi Rokki Balboa bilan jang oʻtkazilgandan keyingi holatdagidek yoki 20 kishi bilan urishgandekman." deb hazilona izohladi.[10] Qoʻzgʻagan allergiya uning oʻyinga tushishiga halal bermadi.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Iker Casillas Fernandez“. Realmadrid.com. Qaraldi: 27-iyun 2008-yil. (See Honours section)
  2. „El CSD concede a Casillas la Medalla de Oro de la Real Orden del Mérito Deportivo“ (Spanish). As.com (15-noyabr 2009-yil). Qaraldi: 8-fevral 2011-yil.
  3. „Casillas se emociona tras ser nombrado Hijo Predilecto de Navalacruz“ (Spanish). marca.com (30-avgust 2010-yil). Qaraldi: 8-fevral 2011-yil.
  4. „Iker Casillas será nombrado Hijo Predilecto de Móstoles el próximo 16 de septiembre“ (Spanish). As.com (30-avgust 2010-yil). Qaraldi: 8-fevral 2011-yil.
  5. „Team of the Year 2010 announced“. uefa.com (20-yanvar 2010-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2010-yil.
  6. „Spain dominate Team of the Tournament“. UEFA.com (30-iyun 2008-yil). 2008-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-iyun 2008-yil. „arxiv nusxasi“. 2008-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-yanvar.
  7. „Spain dominate Team of the Tournament“. UEFA.com (2-iyul 2012-yil). Qaraldi: 2-iyul 2012-yil.
  8. „2008 Team of the Year revealed“. FIFA.com (19-yanvar 2009-yil). 2009-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2009-yil. „arxiv nusxasi“. 2009-yil 22-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  9. „Golden awards for top FIFA World Cup Trio“. FIFA.com (15-dekabr 2010-yil). 2012-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2011-yil. „arxiv nusxasi“. 2012-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-dekabr.
  10. „Касильяс: "Выгляжу так, будто дрался против Рокки Бальбоа"“. merengues.ru. Qaraldi: 28 декабрь 2011.