Igor Sechin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sechin Igor Ivanovich
ruscha: Сечин Игорь Иванович
«Rosneft» Kompaniyasi raisi
Mansab davri
2012-yil 23-maydan
Hukumat boshligʻi Dmitriy Medvedev
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Eduard Xaynatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 7-sentyabr 1960-yil (1960-09-07) (63 yosh)
Leningrad, RSFSR, SSSR
Mukofotlari — 2011Andoza:Dogʻiston oldidagi xizmatlari uchun ordeniAndoza:Baynalmilal jangchi nishoniAndoza:Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun ordeni komandoriDoʻstlik ordeni (Ozarbayjon) — 2020Andoza:Moskva oldidagi xizmatlari uchun nishoniAndoza:Rossiya prezidentining tashakkurnomasi

Igor Ivanovich Sechin (ruscha: И́горь Ива́нович Се́чин 7-sentyabr 1960-yil, Leningrad) – Rossiyaning „Rosneft“ neft kompaniyasi boshqaruvi raisi. Iqtisod fanlari nomzodi. Oligarx va hukumat amaldori, Vladimir Putinning yaqin ittifoqchisi va „de-fakto oʻrinbosari“ hisoblanadi[1].

Sechin 1990-yillarning boshidan beri Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning ishonchli odami boʻlib kelgan. Putin, 1994-yilda Sankt-Peterburg merining oʻrinbosari boʻlganida Sechin uning yordamchisi boʻlgan. 2000-yilda Putin prezident boʻlgach, Sechin Rossiyada xavfsizlik xizmatlari va energetika masalalarini nazorat qiluvchi shaxs boʻldi[2][3]. Putin Sechinni 2004-yilda Rossiya davlat neft kompaniyasi – Rosneftga rais etib tayinladi[4][3]. 2008-yildan 2012-yilgacha Vladimir Putin kabinetida Rossiya Bosh vaziri oʻrinbosari boʻlgan[5]. Hozirda Rosneft kompaniyasining bosh ijrochi direktori, prezidenti va boshqaruv kengashi raisi hisoblanadi[4].

Sechin koʻpincha Putinning eng konservativ maslahatchilaridan biri va Kremlning sobiq xavfsizlik xizmatlari agentlarini yigʻadigan „Siloviki“ guruhi rahbari sifatida taʼriflanadi[6][7][8]. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan baʼzi xorijiy hukumatlar tomonidan unga sanksiya qoʻyilgan. „Darth Vader“ laqabi bilan tanilgan[9][10].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sechin 1984-yilda Leningrad davlat universitetini tilshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan, portugal va fransuz tillarini yaxshi biladi[11]. 1980-yillarda Sechin Mozambikda ishlagan. U rasmiy ravishda sovet tarjimoni edi[12]. 1991-yildan 1996-yilgacha Sankt-Peterburg meriyasida ishlagan va 1994-yilda merning birinchi oʻrinbosari Vladimir Putin apparati rahbari boʻlgan[13]. 1996-yildan 1997-yilgacha Sechin Vladimir Putinning oʻrinbosari boʻlgan. 1997-yildan 1998-yilgacha Prezident huzuridagi Bosh nazorat boshqarmasining umumiy boʻlimi boshligʻi boʻlgan. 1999-yil avgust oyida Rossiya Bosh vaziri kotibiyati rahbari etib tayinlandi. 1999-yil 24-noyabrdan 2000-yil 11-yanvargacha Sechin Rossiya prezidenti maʼmuriyati boshligʻining birinchi oʻrinbosari boʻlgan.

1999-yilning 31-dekabridan 2008-yilning mayigacha Putin maʼmuriyati rahbari oʻrinbosari boʻlgan. 2008-yil may oyida prezident Dmitriy Medvedev tomonidan bosh vazir oʻrinbosari etib tayinlandi[14]. „Stratfor“ maʼlumotlariga koʻra, „Sechin maxsus xizmatlarning Rossiya energetika sohasidagi qoʻlidir“[15].

2004-yil 27-iyulda Sechin „Rosneft“ direktorlar kengashining raisi boʻldi. Kompaniya hibsdagi magnat Mixail Xodorkovskiy boshchiligidagi YuKOS kompaniyasining aktivlarini egallab olgandi. Xodorkovskiy Sechinni uni hibsga olish niyatida va uning neft kompaniyasini talon-taroj qilishda aybladi: „Ikkinchi ishni ham, birinchi ishni ham Sechin uyushtirgan. U menga qarshi birinchi ishni ochkoʻzlikdan, ikkinchisini esa qoʻrqoqlikdan uyushtirgan“[16][17].

2008-yilda Sechin British Petroleum shirkati bosh direktori Bob Dadley bilan muzokaralar olib borgan[18]. 2008-yilda Hugo Chaves Venesuelaning yadroviy energetika dasturi gʻoyasi Sechindan kelganini aytdi. Sechin Venesuelaga qurol-yarogʻ va yadroviy texnikalar yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib bordi[19][20]. 2009-yil iyul oyida Sechin Kuba bilan kelishuvlar boʻyicha muzokaralar olib bordi. Natijada Rossiya Meksika koʻrfazida burgʻulash ishlarini olib borish huquqiga ega boʻldi[21].

Birlashgan kemasozlik korporatsiyasi direktorlar kengashiga raislik qiladi va Fransiya bilan toʻrtta Mistral sinfidagi kemalarni sotib olish boʻyicha muzokaralar olib bordi. Sechin, ikkita kema Rossiyada va ikkitasi Fransiyada qurilishi kerakligini taʼkidladi[22]. Polsha Sharq tadqiqotlari markazi xodimi Piotr Żochowskining taʼkidlashicha, „Sechinning bu masala boʻyicha pozitsiyasi uning Sankt-Peterburg kemasozlik sanoatidagi shaxsiy moliyaviy ishtiroki bilan bogʻliqligini istisno qilib boʻlmaydi“[22].

Sechin prezident Medvedevning 2011-yil 31-martdagi yuqori mansabdor shaxslarni yirik kompaniyalardan isteʼfoga chiqishi haqidagi buyrugʻiga binoan „Rosneft“ direktorlar kengashi aʼzoligidan isteʼfoga chiqdi[23]. 2012-yil may oyida Vladimir Putin Rossiya prezidenti boʻlganidan soʻng, 2012-yil 21-mayda Bosh vazir oʻrinbosari lavozimini tark etdi va Rosneft ijroiya kengashiga rais boʻldi. Shu yil iyun oyida Rossiya Federatsiyasining yoqilgʻi-energetikani kompleks rivojlantirish va ekologik xavfsizlik strategiyasi boʻyicha komissiyasining (ruscha: комиссии по вопросам стратегии развития ТЭКа и экологической безопасности) ijrochi kotibi boʻldi[24].

2014-yil dekabr oyida CNBC agentligi maqolasida Sechin „Rossiyaning prezident Putindan keyin ikkinchi eng qudratli shaxsi ekanligiga ishoniladi“ deb taʼkidlangan[25]. 2017-yil dekabr oyida The Guardian gazetasi Sechin „koʻpchilik Rossiyada Vladimir Putindan keyin ikkinchi eng qudratli odam sifatida koʻrilayotganini“ taʼkidladi[26].

Steele hujjatlarida iddao qilinishicha, Sechin 2016-yilda Donald Trump prezidentlik kampaniyasida Trumpga 2014-yilda Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni bekor qilish evaziga Rosneftdagi 19,6 foiz ulushni berishga vositachilik qilishni taklif qilgan[27][28][29]. 2019-yilgi Myuller hisoboti bu daʼvolarni tasdiqlamadi[30].

Sechin Putinning sobiq Iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayevning hibsga olinishi va sudlanishida muhim rol oʻynagan va Sechindan pora soʻraganlikda ayblangan. Hukm Sechinning yopiq sudda koʻrsatmasi tinglanganidan soʻng chiqarildi. Financial Times gazetasiga koʻra, Sechin Rossiya siyosatidagi hokimiyat qudratining yaqqol namunasidir[31].

Sanksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil 20-martda AQSh hukumati Ukrainada davom etayotgan tartibsizliklarda Rossiya hukumatining roliga javoban Sechinga sanksiya qoʻydi. Qoʻshma Shtatlarga safar qilishni taqiqlash, Sechinning Qoʻshma Shtatlardagi barcha aktivlarini muzlatish va Amerika fuqarolari, korporatsiyalari, Sechin va unga tegishli korxonalar oʻrtasidagi biznes operatsiyalarini taqiqlash kiradi[32][33]. Sechin bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan „Rosneft“ ham sanksiyalar roʻyxatida[34].

2022-yil 28-fevralda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Yevropa Ittifoqi Sechinni qora roʻyxatga kiritdi va uning barcha aktivlarini muzlatib qoʻydi[35]. Mart oyida Buyuk Britaniya hukumati Sechinning aktivlarini muzlatib qoʻyish va safarlarni taqiqlash bilan bogʻliq sanktsiyalar kiritdi[36][37]. Sechinga tegishli ikkita superyaxta – Amore Vero va Crescent Ispaniya va Italiya hukumati tomonidan mart oyi oʻrtalarida hibsga olingan[38].

Buyuk Britaniya hukumati tomonidan 2022-yilda Rossiya-Ukraina urushi munosabati bilan sanksiya qilingan[39].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sechin xotini Marina Sechina (ruscha: Марина Сечина) bilan 2011-yilda ajrashgan[40]. Marina ofshorlarga doir „Jannat hujjatlari“ roʻyxatida tilga olingan. 2017-yildan Moskva shimoli-gʻarbiy maʼmuriy okrugining Xoroshyovo-Mnyovniki tumanida uyga egalik qiladi[41][42][43][44][45]. Ikkinchi xotini, 1990-yilda tugʻilgan Olga Rojkova (ruscha: Ольга Рожкова) bilan 2017-yil 14-iyun kuni, 5 yillik turmushdan soʻng ajrashdi[45][46][47].

Marina bilan uning 1982-yilda tugʻilgan Inga ismli qizi bor. Sankt-Peterburg konchilik universitetini tamomlagan va 2018-yildan boshlab Surgutneftegazbankda (ruscha: Сургутнефтегазбанк) ishlaydi[48]. Inga 2003-yilda sobiq Bosh prokuror Vladimir Ustinovning oʻgʻli, razvedka zobiti, Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizlik xizmati akademiyasini bitirgan Dmitriy Ustinovga (1979-yilda tugʻilgan) turmushga chiqdi[49]. Inga va Dmitriy 2005-yil 4-iyulda oʻgʻil koʻrdi[50][51]. Keyinroq ajrashdi va 2011-yil oktyabridan 2014-yil fevraligacha VTB Bankning vitse-prezidenti Timerbulat Karimovga (1974-yilda tugʻilgan) turmushga chiqdi. U Rossiya mis kompaniyasi (ruscha: AO „Russkaya mednaya kompaniya“) direktorlar kengashi aʼzosi. 2015-yil sentyabr oyidan boshlab Moskvadagi „Xoroshie lyudi“ kompaniyasining yagona egasi. 2015-yil 4-dekabrdaVelikiy Novgorodda joylashgan kurka fermasi – Novgorod Agroparkining 40% ulushiga egalik qiladi[52][53][54][55].

2006-yilda Vladimir Ustinov lavozimidan tushirilgandan soʻng, Sechin oʻz taʼsirini saqlab qolish uchun, 2007-yilda oʻzining ittifoqchisi Aleksandr Bastrikinni Bosh prokuratura huzuridagi Tergov qoʻmitasi raisi etib tayinlashga erishgani xabar qilingan[56][57][58].

Uning Marina bilan nikohidan boʻlgan oʻgʻli Ivan (1989-yilda tugʻilgan), Moskva davlat universiteti qoshidagi Lomonosov oliy biznes maktabini tamomlagan. Igor 2018-yildan boshlab „Rosneft“ qoʻshma dengiz loyihalari departamenti direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlaydi[59]. Ivanga 2022-yil fevral oyida AQSh tomonidan sanksiya qoʻyilgan[60].

Varvara ismli qizi ham bor[61][62].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The Guardian.
  2. Foy, Henry. „'We need to talk about Igor': the rise of Russia's most powerful oligarch“. Financial Times (2018-yil 1-mart). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  3. 3,0 3,1 Reznik, Irina; Bierman, Stephen; Meyer, Henry. „State-run Russian oil behemoth Rosneft helps Vladimir Putin tighten his economic grip“ (en-US). Washington Post (2014-yil 7-fevral). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  4. 4,0 4,1 Hussain, Yadullah. „Meet the Russian oil tycoon who likely triggered the Riyadh-Moscow oil war“. Financial Post, a division of Postmedia Network Inc (2020-yil 10-mart). 2020-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-mart.
  5. Luhn. „The "Darth Vader" of Russia: meet Igor Sechin, Putin's right-hand man“ (en). Vox (2017-yil 8-fevral). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  6. Hahn. „The Siloviki Downgraded. In Russia's New Configuration of Power“ (2008-yil 21-iyul). 2010-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 11-dekabr.
  7. „Igor Sechin, head of Rosneft, is powerful as never before“. The Economist (2016-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2019-yil 27-iyul.
  8. Harding, Luke. „Putin, the Kremlin power struggle and the $40bn fortune“. The Guardian (2007-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
  9. Bidder, Benjamin. „Putins Petroleum-Coup“ (de). Der Spiegel (2012-yil 19-oktyabr). 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
  10. Rapoza, Kenneth. „Russia's Largest Public Companies 2019: Sanctions No Match For Oil & Gas“. Forbes (2019-yil 27-may). 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-oktyabr.
  11. „Игорь Сечин: Путин везде берет его с собою“ (ru). news.ru (2005-yil 18-may). 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  12. Sechin, Igor.
  13. „Igor Sechin: Rosneft's Kremlin hard man comes out of the shadows“ (en). the Guardian (2012-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  14. A Lineup Aimed at Taming Siloviki Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh..
  15. „Russia: The FSB Branches Out“ (en). stratfor. Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  16. „Jailed tycoon Mikhail Khodorkovsky 'framed' by key Putin aide“ (en). The Sunday Times (2008-yil 18-may). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  17. Yenikeyeff. „BP, Russian billionaires, and the Kremlin: a Power Triangle that never was“. Oxford Energy Comment (2011-yil noyabr). Qaraldi: 2011-yil 24-noyabr.
  18. TNK-BP Is Hurting Russia (Wayback Machine saytida 2009-12-07 sanasida arxivlangan).
  19. Russia Offers Venezuelaʼs Chavez Weapons, Nuclear Cooperation[sayt ishlamaydi].
  20. Kramer, Andrew E.. „Russia Plans Nuclear Plant in Venezuela“ (en-US). The New York Times (2010-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  21. „Russia to drill for oil off Cuba“ (en-GB) (2009-yil 29-iyul). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  22. 22,0 22,1 Piotr Żochowski. „Russia's interest in the Mistral: the political and military aspects“ (en). OSW Centre for Eastern Studies (2010-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  23. „ru:Сечин вышел из совета директоров "Роснефти"“ (ru). BBC (2011-yil 12-aprel). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  24. „ru:И.Сечин вошел в список ста наиболее влиятельных людей мира: Глава "Роснефти" Игорь Сечин стал единственным россиянином, включенным в ежегодно составляемый журналом Time список из ста наиболее влиятельных в мире людей.“ (ru). RBK (2013-yil 18-aprel). 2016-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  25. Peleschuk, Dan. „Think it's just Putin who runs Russia? Guess again“. CNBC (2014-yil 24-dekabr). 2014-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-dekabr.
  26. „Ex-minister's harsh jail sentence sends shockwaves through Russian elite“. The Guardian (2017-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 15-dekabr.
  27. Bertrand, Natasha. „Memos: CEO of Russia's state oil company offered Trump adviser, allies a cut of huge deal if sanctions were lifted“. Business Insider (2017-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  28. Isikoff, Michael. „U.S. intel officials probe ties between Trump adviser and Kremlin“. Yahoo News (2016-yil 23-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  29. Post staff. „A transcript of Donald Trump's meeting with The Washington Post editorial board“. Washington Post (2016-yil 21-mart). Qaraldi: 2020-yil 21-mart.
  30. Scarborough. „Carter Page exonerated by Mueller report“. Associated Press (2019-yil 18-aprel). 2019-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 4-may.
  31. „'We need to talk about Igor': the rise of Russia's most powerful oligarch“ (en-GB). Financial Times (subscription required) (2018-yil 28-fevral). Qaraldi: 2019-yil 15-yanvar.
  32. „Announcement Of Additional Treasury Sanctions On Russian Government Officials And Entities“. US Department of the treasury.
  33. „Executive Order - Blocking Property of Additional Persons Contributing to the Situation in Ukraine“. The White House - Office of the Press Secretary (2014-yil 20-mart).
  34. Rapoza, Kenneth. „Here's How Europe's Russian Sanctions Differ From Washington's“. Forbes (2017-yil 23-iyun). Qaraldi: 2020-yil 29-aprel.
  35. Valentina Pop; Sam Fleming; Max Seddon. „EU freezes assets of Russia's leading oligarchs and allies of Putin“. The Financial Times (2022-yil 28-fevral).
  36. „UK freezes assets of seven Russian oligarchs including Roman Abramovich“ (en). The Guardian (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 10-mart.
  37. „Abramovich and Deripaska among 7 oligarchs targeted in estimated £15 billion sanction hit“ (en). GOV.UK. Qaraldi: 2023-yil 13-sentyabr.
  38. „Mega yacht 'owned by oligarch and Putin ally Igor Sechin' seized by Spanish authorities“ (en). The Independent (2022-yil 10-mart). Qaraldi: 2022-yil 16-mart.
  39. „CONSOLIDATED LIST OF FINANCIAL SANCTIONS TARGETS IN THE UK“. Qaraldi: 2023-yil 16-aprel.
  40. Пузырев, Денис (Puzyrev, Denis). „ru:Роднички энергии: как связаны РАО ЕЭС, Марина Сечина и санаторий в Кашире: Связанный со структурами бывшей жены Игоря Сечина санаторий «Каширские роднички» стал причиной конфликта не из-за статуса лечебно-оздоровительного центра. В дальнем Подмосковье столкнулись интересы крупных энерготрейдеров“ (ru). RBK (2017-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  41. „Paradise Papers“. OCCRP. Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  42. Shleynov, Roman. „Wife of Putin's Number Two Man Gets Rich Quick“. OCCRP (2017-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  43. Шлейнов, Роман (Shleynov, Roman). „ru:Как бывшая супруга главы «Роснефти», не имевшая ни рубля дохода, сразу после развода обзавелась активами на миллиарды рублей и компанией на Каймановых островах“ (ru). Novaya Gazeta (2017-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  44. Васильев, Иван (Vasiliev, Ivan). „ru: Марина Сечина назвала бредом информацию из «Райского досье»: По ее словам, она никогда не инвестировала в проекты австрийского бизнесмена Джулиуса Майнла“ (ru). Vedomosti (2017-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  45. 45,0 45,1 „Олигарх Игорь Сечин развелся с молодой супругой“ (ru). 24СМИ [online] «24smi.org» (2017-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  46. „ru:Игорь Сечин развелся во второй раз: Глава «Роснефти» Игорь Сечин развелся с супругой Ольгой, свидетельствуют данные базы мировых судов. Заявление о расторжении брака пара подала еще в апреле“. RBK (2017-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  47. Демьянова, Саша (Demyanova, Sasha). „ru:Игорь Сечин после развода переименовал роскошную яхту, носившую имя бывшей жены“ (ru). Cosmopolitan (2017-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-mart.
  48. „Marina Sechina: biography and photos“. ruarrijoseph.com (2018). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  49. „Высокопоставленные наследники: Чем занимаются жены и дети российского премьера, его заместителей и полпредов президента?“ (ru). ladno.ru (2010-yil 26-oktyabr). 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-dekabr.
  50. „Дочь Игоря Сечина родила от сына Владимира Устинова“ (ru). newsru.com (2005-yil 8-iyul). 2018-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  51. „Igor Sechin has grandson“ (ru). Moskovskij Komsomolets (2005-yil 8-iyul). 2007-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  52. „Семейный бизнес лучше банковского: Тимербулат Каримов покинул ВТБ“. Kommersant (2014-yil 6-fevral). Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  53. Osipov, Anton. „Тимербулат Каримов стал старшим вице-президентом ВТБ“ (ru). Vedomosti (2011-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 26-mart.
  54. „Тимербулат Каримов: Член совета директоров АО "Русская медная компания"“ (ru). Atlanty. Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  55. Burlakova, Ekaterina. „заинтересовалась производством индейки: Компания, совладельцем которой является Инга Каримова, дочь главы "Роснефти" Игоря Сечина, собирается инвестировать в производство индейки в Новгородской области объемом около 30 тыс. т в год“ (ru). RBC (2016-yil 25-may). Qaraldi: 2018-yil 22-mart.
  56. Bastrikin, Aleksandr [Bastrykin, Alexander] (in Russian).
  57. Odnokashnik prezidenta vozglavit prokurorskoe sledstvie [Presidential classmate will lead the prosecution investigation] (in Russian).
  58. Stanovaya, Tatyana. „Сечинский комитет при Генпрокуратуре | Политком.РУ [Sechin committee at the Prosecutor General's Office“]. Политком.RU: информационный сайт политических комментариев (2007-yil 22-iyun). Qaraldi: 2022-yil 3-mart.
  59. Мельникова, Алина (Melnikova, Alina). „Игорь Сечин: биография, личная жизнь, семья, жена, дети — фото“ (ru). Krestyanka (2018-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  60. „Here are the Russian oligarchs targeted in Biden's sanctions“ (en). NBC News. Qaraldi: 2022-yil 12-mart.
  61. „Олигарх Игорь Сечин развелся с молодой супругой“ (ru). 24СМИ [online] «24smi.org» (2017-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  62. Мельникова, Алина (Melnikova, Alina). „Игорь Сечин: биография, личная жизнь, семья, жена, дети — фото“ (ru). Krestyanka (2018-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]