Idalgo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Migel Idalgo
Asl ismi Miguel Gregorio Antonio Ignacio Hidalgo y Costilla Gallaga Mandarte y Villaseñor
Tavalludi 8-may 1753-yil
Pénjamo, Nueva Galicia, Yangi Ispaniyaning vitse-qirolligi[1][2]
Vafoti

30-iyul 1811-yil(1811-07-30)
(58 yoshda)
Chihuahua, Nueva Vizcaya, Yangi Ispaniyaning vitse-qirolligi


Tavalludi 8-may 1753
Vafoti 30-iyul 1811
Vafoti sababi Otish yoʻli bilan qatl qilish
Dafn etilgan joyi Ángel de la Independencia, Mexico city
Fuqaroligi Ispaniya
Otasi Q17628146?
Qoʻshin turlari Meksika isyonchilari
Xizmatdagi yillari 1810-1811
Lavozimi Generalissimo
Jang/urush Meksika mustaqillik urushi
Dastxati

Idalgo, Idalgo-ikostilya, Migel (1753.8.5, Korralexo — 1811.31.7, Chiuaua) — Meksikaning milliy qahramoni; Ispaniyaga qarshi milliy ozodlik urushiga aylangan xalq qoʻzgʻoloni (1810—11) rahbari. Valyadolid (hoz. Moreliya) dagi Diniy seminariyani tugatgan, u yerda avval oʻqituvchi, soʻng rektor boʻlgan. Fransuz ensiklopedistlarining gʻoyalarini tarqatgani uchun oddiy qishloq cherkovi ruhoniysi darajasiga tushirilgan. I. mamlakat mustaqilligi, indeys xal-qining iqtisodiy va huquqiy ahvolini yaxshilash yoʻlidagi chiqishlarini davom ettirgan. I. Dolores sh. da xa-lqqa murojaat qilib ispanlarga qarshi ozodlik urushini boshlashga chaqirgan ("Dolores daʼvati") va dehq-on-indeyslar, kon ishchilari va pe-onlardan iborat inqilobiy armiyaga bosh boʻlgan. Noyabrda Gvadalahara sh. da I. boshchiligidagi hukumat tuzilgan. Hukumat qulchilikni bekor qilinganligini eʼlon qilgan, indeyslarga jamoa yerlarini qaytarish va soliqlarni kamaytirish haqidagi qonunlarni chiqargan. 1811-yil 17yanv. dainq-ilobiy armiya magʻlubiyatga uchragan. I. asirga olinib, sudlanib, otishga hukm qilingan.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vázquez Gómez, Juana. Dictionary of Mexican Rulers, 1325–1997. Westport, Connecticut: Greenwood Publishing Group, Inc., 1997. ISBN 978-0-313-30049-3. 
  2. „I Parte: Miguel Hidalgo y Costilla (1753–1811)“ (es). Qaraldi: 2008-yil 27-noyabr.
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil