INOGATE

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

INOGATE — Yevropa Ittifoqi, Qora Dengiz Boʻyi va Kaspiy Dengizi Boʻyi va ular bilan qoʻshni boʻlgan davlatlar orasida energetika sohasida xalqaro hamkorlik dasturidir. Ushbu dastur Kiev, Ukrainada joylashgan Yevropa Ittifoqi EuropeAid sekretariati tomonidan va Tbilisi, Gruziyada joylashgan xududiy ofis tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu dasturga 1996-yilda asos solingan.
INOGATE — Yevropa Ittifoqi (YeI) tomonidan moliyalashtiriladigan eng katta muddatlik dasturdir. 2006-yil oxirigacha, INOGATE dasturi YeI Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga ajratiladigan Texnik Yordami (TACIS) tomonidan moliyalashtirilardi. 2007-yildan boshlab, INOGATE Yevropa Qoʻshnichilik va Hamkorlik Instrumenti orqalik moliyalashtirilayapti (ENPI). EuropeAid oʻz dasturini ENPI instrumenti va Hamkorlik va Rivojlanish instrumentlari orqalik qoʻllab boradi.

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

INOGATE dasturi (inglizchadan INterstate Oil and GAs Transportation to Europe — Inogeyt— Yevropaga Davlatlararo Neft va Gaz Transport Qilish) 1995-yilda tashkil topgan boʻlib, Yevropa Ittifoqining Yevropaga neft va gazni transportirovka qilish boʻyicha mexanizmi boʻlib xizmat qiladi (ingliz tilidagi akronim shundan kelib chiqqan). Dastur boshlanishida ushbu mexanizm Sharqiy Yevropadan va Kavkazdan Yevropa Ittifoqiga faqatgina neft etqazish va gaz quvurlariga taalluqlik edi. 2001-yilda Kievda yigirma bir davlatlar orasida Rakmkasimon Shartnomaga qoʻl qoʻyilgan boʻlib, ushbu Shartnomaning maqsadi truboprovodlarni rivojlantirishda va modernizatsiya qilishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga bagʻishlangandi. 2004-yilda Bakuda, Ozerboyjonda boʻlib oʻtgan konferensiyadan keyin va Astana, Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan konferensiyadan soʻng, ushbu dastur energetika sohasida yanada kengroq hamkorlik qilish darajasiga aylantirildi va ushbu kunga kelib, toʻrt asosiy yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayapti:

  • Energetika sohasidagi xavfsizlikni kuchaytirish;
  • Energetika bozorlarini Yevropa Ittifoqi ichki energetika bozori tamoyillariga asoson yaqinlashtirish;
  • Barqaror energetika manbalarini rivojlanishini qoʻllab quvvatlash;
  • Umumiy va Hududiy talablarga javob beradigan eenrgetika loyixalariga sarmoyalar jalb qilish.

2007-yildan boshlab, INOGATE dasturi Yevropa Qoʻshnichilik va Hamkorlik Instrumenti orqalik moliyalashtirilayapti (ENPI).

INOGATE Dasturiga Hamkor Davlatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya INOGATE ning hamkor davlati hisoblanadi, shuning uchun har doim INOGATE ning yigʻilishlarida qatnashish uchun taklif qilinadi, lekin u benefitsiar (foyda oluvchi) davlat hisoblanmaydi. INOGATE Dasturi — Yevropa Komissiyasi ichidagi uch direksiyasining maxsus tashabbusi hisoblanadi: Transport va energetika boʻyicha Bosh Direktorat, Xalqaro aloqalar boʻyicha Bosh Direktorat va EuropeAid bilan hamkorlik olib borish masalalari boʻyicha idora.

"Baku tashabbusi" va Ostonada qoʻl qoʻyilgan deklaratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Baku tashabbusi“ — Yevropa Ittifoqi va INOGATE hamkorlari orasida energetika masalalari boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish sohasida olib borilgan siyosiy dialogning natijasidir. Ushbu tashabbus 2004-yil 13 noyabrda Bakuda boʻlib oʻtgan Ministrlar orasidagi konferensiyada qabul qilingan. Ikkinchi Ministrlar ishtirokidagi konferensiya 30 noyabr 2006-yili Ostona shahrida boʻlib oʻtdi va ushbu konferensiyada INOGATE dasturining hamkor davlatlarda energetika boʻyicha koʻp xil spektrdagi masalalarni qamrab olish va ushbu maslalarda Yevropa Ittifoqi bilan olib boriladigan birgalikdagi faoliyatlari yana bir bora takidlandi.

"Baku tashabbusining" asosiy maqsadlaidan biri, unda qatnashuvchi davlatlarning energetika bozorlarini, Yevropa Ittifoqi bozorlari bilan integratsiyalashtirilishini kuchaytirish va shu yoʻl bilan sarmoyalarni jalb qilish va energiya manbalarini etqazib berishda xavsizlik va ishonarlik ochiq energiya bozorlarini yaratish hisoblanadi. (tashabbusning boshqa aspektlari transportirovka masalalariga taalluqlikdir). Hamkor davlatlar qonuniy va texnik standartlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar, chunki ushbu qonun va standartlar, Yevropa Ittifoqi xalqaro va xuquqiy normalari asosida integratsiyalashgan energetika bozorining faoliyat koʻrsatishiga yordam beradi; yangi infratuzulmalarni yaratish va kengaytirish orqalik energiya manbalarini etqazib berishda xavsizlik va barqarorlikni taʼminlaydi; atrof muhitga ekologiya nuqtai nazaridan doʻstona boʻlgan energiya ishlab chiqarish uchun eski infratuzulmalarni yangilariga almashtirish; yangi infratuzulmalarni rivojlantirish va zamonaviy kuzatuv tizimlarini rivojlantirish; energiya boʻyicha samarador tizimlarni integratsiyasi qilish orqalik energiya etqazib berish va talabni qondirishni yaxshilash; umumiy eʼtiborga loyiq savdo sotshga oid va ekologik barqaror energetika loyixalarini moliyalashtirishni kuchaytirish. Ushbu maqsadlarga erishishni taʼminlaydigan „Yoʻl Xartiasiga“ Ostona shahrida qoʻl qoʻyildi.

Tuzilishi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

INOGATE Texnik sekretariati Baku Tashabbusini amalga oshirish boʻyicha koordinator boʻlib xizmat qiladi va u Kiev shahrida joylashgan. Baku Tashabbusi toʻrt ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi va uning qatnashchilari barcha hamkor davlatlarning vakillaridir:

  • Bozorni liberalizatsiya qilish maqsadida qonuniy, tartibiy va institutsional normalarni uygʻunlashtirish;
  • Transport tarmoqlarida energiya xavsizligini va barqarorligini kuchaytirish:
  • Energetikani barqaror rivojlantirish;
  • Sarmoyalarni jalb qilish va loyixalarni qoʻllab quvvatlash.

INOGATE veb portalida ENPI tomonidan moliyalashtiriladigan va INOGATE dasturi asosida amalga oshiriladigan bir qancha loyixalar keltirilgan. 2009-yil fevral oyidan boshlab ushbu loyixalar neft va gaz strukturalarini xavsizligini va barqarorligini taminlash, Markaziy Osiyoda muvofiqlashtirilgan energetika siyosatini rivojlantirish va hamkor davlatlarda barqaror energetikani taʼminlash maqsadidagi tashabbuslarni qoʻllab quvvatlash masalalariga yoʻnaltirilgan.
INOGATE dasturi tomonidan hamkor davlatlarning neft va gaz quvurlari va ularning Gʻarbiy Yevropa bilan aloqalariga oid kartalar tayyorlangan.
INOGATE dasturi doimiy yangilanib turadigan konferensiya va publikatsiyalarning roʻyxatiga ega. Veb portal doimiy yangilanib turadigan informatsiyaga, hamkor davlatlarda energetika sohasini rivojlantirish boʻyicha yangiliklarga, Yevropa Ittifoqining tashabbuslari va siyosatlari xaqidagi maʼlumotlarga ega.

INOGATE loyihasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

" INOGATE loyihasi — Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan energetika loyixasi boʻlib, energetika boʻyicha hamkorlikni olib borayotgan davlatlarda INOGATE dasturining toʻrt yoʻnalishi bilan bogʻliq masalalarda hamkorlikni qoʻllab quvvatlashga yoʻnaltirilgan. Ushbu dasturning 1996-yildan amalga oshirilishidan beri, INOGATE ning 61 loyixasi realizatsiya qilingan. Xozirgi kunga kelib, INOGATE ning 3 loyixasi amalga oshirilayapti:

  • INOGATE dasturining texnik sekretariati va Baku tashabbusi va Sharqiy hamkorlikdagi energetika maqsadlarini qoʻllab quvvatlash boʻyicha kompleks dastur, loyixaning amalga oshirish muddatlari: 02/2012 — 01/2015-yillar, umumiy byudjet: 16,6 mln evro;
  • Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining qurilish sektorida energiyani tejash boʻyicha tashabbus, loyixaning amalga oshirish muddatlari: 01/2010 — 12/2013-yillar, umumiy byudjet: 4,5 mln evro;
  • Markaziy Osiyo davlatlari uchun barqaror energetika dasturi: qayta ishlatiladigan energiya mablagʻlari va energiya samaradorligi, loyixaning amalga oshirish muddatlari: 01/2013 — 12/2015-yillar, umumiy byudjet: 4 mln evro. Ushbu loyixalardan tashqari, INOGATE dasturi bilan bogʻliq yana bir programma mavjud (INOGATE loyixasiga kirmasligiga qaramay, ushbu loyixa INOGATE ramkalarida moliyalashtiriladi va xuddi shunday maqsadlarga erishishga koʻmaklashadi); ushbu programma quyidagilarni nazarda tutadi:
  • Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo shaharlarining „Merlarning (Hokimlarning) Kelishuvi“ da qatnashishini qoʻllab quvvatlash (INOGATE bilan bogʻliq boʻlgan loyixa), loyixaning amalga oshirish muddatlari: 09/2011 — 09/2013-yillar, umumiy byudjet: 2,15 mln evro. Ushbu loyixalarning xar biri qatnashchilarga oʻz faoliyatlari xaqida vizual fikrga ega boʻlishni taʼminlaydi.

Shunga qaramay, INOGATE dasturining texnik sekretariati (ITS), INOGATE dasturining loyixalari natijalarini kengroq kontekstda yoritishga yordam beradi.

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Energetika masalalari boʻyicha uyushma
  • Yevropa Ittifoqining Energetika masalalari boʻyicha siyosati
  • Energetik xartiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]