I'm Eighteen
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| "I'm Eighteen" | ||
|---|---|---|
| Alice Cooperning singli 'Love It to Death' |
||
| Reliz sanasi | 1971 | |
| Janr | Hard rock, Garage rock, Heavy metal | |
| Davomiyligi | 3:00 | |
| Muallif | Michael Owen Bruce, Alice Cooper, Dennis Dunaway, Neal Smith, Glen Buxton | |
| Produsyer | Bob Ezrin | |
I'm Eighteen — glam rock va hard rock guruh Alice Cooper tomonidan yaratilgan 1970/71-yilgi qoʻshiq. Bu qoʻshiq Love It to Death albomining asosiy singli boʻlib, guruhning mashhurlikka olib chiqqan hitidir.
Bu singl VH1ning 40 ta eng buyuk metal qoʻshiqlari ichida #39 oʻringa va Rollig Stone jurnalining hamma vaqt va davrlarning eng buyuk 500 qoʻshiqlari roʻyhatida #482 oʻringa yetgan.
Qoʻshiq thrash metal pionerlari Anthrax tomonidan qayta aytilib, 1984-yilgi Fistful of Metal (ularning eng yosh aʼzosi 19 yoshga toʻlgan kun) albomiga kiritilgan, keyinchalik Creed guruhi tomonidan kaverlanib, 1998-yil kinofilmi "Fakultet"ga saundtrek etib ijro etilgan.