How to Train Your Dragon
| How to Train Your Dragon (Ajdaringizni Qanday Tarbiyalash Kerak) |
|
|---|---|
Kinoteatrlar uchun poster |
|
| Rejissor | Chris Sanders Dean DeBlois |
| Produser | Bonnie Arnold |
| Ssenariy muallifi | Will Davies Dean DeBlois Chris Sanders |
| Rollarda | Jay Baruchel Gerard Butler Craig Ferguson America Ferrera Jonah Hill Christopher Mintz-Plasse T.J. Miller Kristen Wiig |
| Bastakor | John Powell |
| Muharrir | Darren T. Holmes Maryann Brandon |
| Studiya | DreamWorks Animation Pacific Data Images |
| Distributor | Paramount Pictures |
| Premyera sanasi | 26-mart, 2010 |
| Davomiyligi | 96 daq. |
| Mamlakat | |
| Til | Inglizcha |
| Mablagʻ | $165,000,000[1] |
| Daromad | $494,878,759[1] |
| IMDb profili | |
How to Train Your Dragon (tarjimasi: Ajdaringizni Qanday Tarbiyalash Kerak) 2010-yili chiqarilgan 3D komputer animatsiyali fentezi filmdir. Film DreamWorks Animation tomonidan shu nomli 2003-yilgi kitob asosida ishlab chiqarilgan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, T.J. Miller, Kristen Wiig va Christopher Mintz-Plasse kirishadi. U 83-Akademiya Mukofotlarida "Oscar"ga nomzod etildi (Eng Yaxshi Animatsiya hamda Eng Yaxshi Soundtrack); biroq tegishli toifalarda Toy Story 3 va The Social Network filmlariga yutqazdi.
Film afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda[2] ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 milliondan oshib ketib, DreamWorks Animation'ning beshinchi eng omadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). How to Train Your Dragon kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi.[3]
Manbalar [tahrir]
- ↑ 1.0 1.1 How to Train Your Dragon (2010). Box Office Mojo. IMDb. December 18, 2010.
- ↑ How to Train Your Dragon. ComingSoon.net. Coming Soon Media, L.P.. July 22, 2008.
- ↑ How to Train Your Dragon Movie Reviews, Pictures. Rotten Tomatoes. Flixster. March 27, 2010.
Havolalar [tahrir]