House (teleserial)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
House
House logo.svg
Logotip
Boshqa nomi House, M.D.
Formati Tibbiy drama
Muallif(lar) David Shore
Rollarda Hugh Laurie
Lisa Edelstein
Omar Epps
Robert Sean Leonard
Jennifer Morrison
Peter Jacobson
Kal Penn
Olivia Wilde
Jesse Spencer
Qismlar boshidagi musiqa "Teardrop",
Massive Attack ijrosida
"House End Credits"
Mamlakat AQSh bayrogʻi AQSh
Til(lar) Ingliz
Mavsumlar soni 6
Qismlar soni 120 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi
prodyuser(lar)
Katie Jacobs
David Shore
Paul Attanasio
Bryan Singer
Russel Friend
Garrett Lerner
Thomas L. Moran
Qism davomiyligi tahminan 43 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal FOX
Tasvir formati 480i (SDTV),
720p (HDTV)
Ilk efiri 16-noyabr, 2004 – hozirgacha
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti
IMDb profili
TV.com sahifasi

House, ikkinchi nomi Shifokor House (ingl. House M. D.) — genial shifokor-tashxischi Gregory House va uning jamoasi haqidagi Amerika teleseriali. Serial butun dunyo miqyosida ommaviylashgan va bir necha marotaba Emmy va Peabody Award kabi nufuzli kinomukofotlarga ega boʻlgan. Serialning ilk qismi 2004-yil 16-noyabr kuni FOX telekanalida efirga chiqdi.

Mundarija

[tahrir] Personajlar

Teleserialning bosh qahramonlari (chapdan oʻngga): Wilson, Cameron, Chase, Kutner, Taub, House, Oʻn uchinchi, Foreman, Cuddy.
Personaj Aktyor Amali Mutaxassisligi
Gregory House Hugh Laurie
Lisa Cuddy Lisa Edelstein
  • Kasalxona boshligʻi
James Wilson Robert Sean Leonard
Eric Foreman Omar Epps
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1–3, 4.04–)
  • Mercy kasalxonasida tashxisiy tibbiyot boʻlimining boshligʻi (4.01–4.03)
Allison Cameron  Jennifer Morrison
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1–3)
Robert Chase Jesse Spencer
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (1–3)
  • Jarroh (4–)
Chris Taub Peter Jacobson
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02–)
Lawrence Kutner Kal Penn
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02–)
"Oʻn uchinchi" Olivia Wilde
  • Shifokor, tashxisiy tibbiyot boʻlimi (4.02–)

[tahrir] Sherlock Holmesga havolalar

Sherlock Holmes teleserial uchun ilhom parisi boʻlib xizmat qildi.

House bilan mashhur kitobiy detektiv Sherlock Holmes oʻrtasidagi oʻxshashliklar butun teleserial davomida kuzatib borilad;[1]Shore Sherlock Holmesning ixlosmandi ekanligini tushuntiradi va personajning bemorlarga boʻlgan befarqligi noyobligini aytadi. Oʻxshashlik taraflari teleserial sujetining turli elementlarida kuzatiladi, masalan, Housening ishni yechimida ruhshunoslikka boʻlgan ishonchi, qiziqarsiz deb bilgan ishlarga qoʻl urmasligi, Housening uy manzili (221B-xonadon, Holmesning manzili ham shunday boʻlgan). Yana, House bilan Holmesning oʻxshashlik taraflariga musiqiy asbobni chalish (Holmes skripkani, House pianino va gitarani chaladi), narkotik moddalarni isteʼmol qilish (House vikodinni, Holmes kokainni) va Housening Dr. James Wilson bilan doʻstligi (Dr. John Watsonga ishorat) kiradi.[2] Wilson rolini ijro etuvchi Robert Sean Leonard aytadi-ki, avvaliga uning qahramoni va House teleserialda Sherlock Holmes va Dr. Watson rollarini oʻynashlari kerak edi, ammo, Watson rolini House jamoasi qabul qildi.[3]

Teleserialdagi turli xil personajlar Sherlock Holmes olamidagi odamlarning ismiga ega, jumladan, ikkinchi mavsumning "Sababsiz" nomli soʻnggi qismida House aqlini yoʻqotgan "Moriarty" ismli bosqinchi tomonidan yaradorlanadi, bu Holmesning qasoskorini ham ismidir.[4] Shuningdek, eng birinchi qismdagi asosiy bemorning ismi Rebecca Adler, bu ism Sherlock Holmes haqida birinchi hikoyadagi Iren Adler ayol ismidan olingan. David Shore Dr. Housening ismi (inglizchadan tarjimasi "uy") Sherlock Holmesga shamadir ("Holmes"ning talaffuzi "homes" — "uylar" soʻziga oʻxshash). [5] Toʻrtinchi mavsumning "Bu ajoyib yolgʻon" nomli qismida House "Conan Doylening toʻliq ikkinchi nashri"ni Mavlud sovgʻasi sifatida qabul qiladi. Beshinchi mavsumning "Olamga quvonch" nomli qismida Wilson Housega Joseph Bell qalamiga mansub kitobni sovgʻa qiladi (Joseph Bell "Sherlock Holmes"ning yaratilishiga ilhom bagʻishlagan),[6] bunda u "Greg, bu kitob meni sen haqingda oʻylantirdi" degan xabarni yozadi, shuningdek, sovgʻani u yuborganligini boʻyniga olishdan avval, buni qandaydir Irene Adler yuborgan boʻlishi mumkinligini aytadi.


[tahrir] Manbalar

[tahrir] Havolalar

House logo.svg
Asosiy personajlar: Dr. Gregory House | Dr. Lisa Cuddy | Dr. James Wilson | Dr. Allison Cameron | Dr. Robert Chase | Dr. Eric Foreman |Dr. Remy "Oʻn uchinchi" Hadley | Dr. Chris Taub | Dr. Lawrence Kutner
Ikkinchi darajali personajlar: Edward Vogler | Stacy Warner | Mark Warner | Michael Tritter | Amber Volakis | Lucas Douglas
Ijrochi prodyuserlar: Paul Attanasio | Katie Jacobs | David Shore | Bryan Singer
Aktyorlar: Hugh Laurie | Lisa Edelstein | Omar Epps | Robert Sean Leonard | Jennifer Morrison | Jesse Spencer | Peter Jacobson | Kal Penn | Olivia Wilde


Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda