Holmirzaev, Shukur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Shukur Holmirzaev Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-jurnallarning tahririyatlarida ishladi.

Mundarija

[tahrir] Sh. Holmirzaev. Oʻn sakkizga kirmagan kim bor.

«Oq otli» nomli birinchi qissasi 1962 yilda bosilgan. Ikkinchi asari — «Toʻlqinlar» (1963) Abdulla Qahhor tahsiniga sazovor boʻldi.

«Oʻn sakkizga kirmagan kim bor» (1964), «Taqdir bashorati» (1968), «Yoʻllar, yoʻldoshlar» (1973), «Yur, togʻlarga ketamiz» (1976), «Choʻloq turna» (1978), «Tuproq koʻchalar» (1978), «Qush tili» (1982), «Qahramonning soʻnggi kunlari» (1984), «Togʻlarga qor tushdi» (1986), «Abdulla Nabi oʻgʻlining soʻnggi kunlari» (1983), «Esiz, Eshniyoz!» (1988), «Bulut toʻsgan oy» (1997) qissalari, «Soʻnggi bekat» (1976), «Qil koʻprik» (1984), «Olaboʻji»(1991), «Dinozavr» (1996) kabi romanlari, «Qora kamar» (1989) nomli dramasi, «Yovvoyi gul», «Bahor oʻtdi», «Bitiktosh», «Ozodlik», «Oʻzbeklar», «Hayot abadiy», «Ogʻir tosh koʻchsa», «Ustoz», «Koʻk dengiz», «Tabassum», «Shudring tushgan bedazor», «Boychechak ochildi», «Otning egasi», «Navroʻz, navroʻz» singari oʻnlab hikoyalari va boshqa koʻplab asarlari nashr qilingan.

Sh. Xolmirzaev asarlarida oʻzbeklarga xos milliy xarakter, inson va tabiat munosabatlari teran badiiy talqin qilingan.


[tahrir] Nashr qilingan asarlari

  • Xolmirzaev Sh. Bodom qishda gulladi. Toshkent. Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1986.
  • Xolmirzaev Sh. Togʻlarga qor tushdi. -T. 1987.
  • Xolmirzaev Sh. Oʻn sakkizga kirmagan kim bor. T. Yozuvchi. 1999.
  • Xalmirzaev Sh. Nad propastyu. Roman. (per. s uzb.) -T. Izd. Lit. I iskusstvo. 1989.


[tahrir] Ilmiy adabiyotlar

  • Mirvaliev S. Oʻzbek adiblari. -T.: «Yozuvchi», 2000.
  • Karimov N. va b. q. XX asr oʻzbek adabiyoti tarixi. -T.: «Oʻqituvchi», 1999.
  • Q. Yoʻldoshev, B. Qosimov. Adabiyot (7-sinf darsligi). -T.: «Oʻqituvchi», 2000.

[tahrir] Shukur Xolmirzaev internetdagi elektron kutubxonalarda

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)