Hindukush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hindukush (fors. Hindukoʻh - hind togʻi) — Osiyodagi togʻ sistemasi, asosan, Afgʻoniston, shuningdek, pokiston hududida (jan.-sharqiy chekka-si). Uz. 800 km chamasida, eni 350 km gacha. Eng baland joyi 7690 m (Tirich-mir togʻi). Markaziy va sharqiy qismlarining oʻrtacha bal. 4000 m. H. jan,-gʻarbdan shim.-sharqqa choʻzilgan boʻlib, Amudaryo, Hind va Hilmand daryolari havzalari oʻrtasida suvayirgich vazi-fasini, iqlim va landshaft chegarasini bajaradi. Asosiy tizmalari — Bobo, Pagʻmon va b. Toglar alp bur-malanishi davrida vujudga kelgan. Zamini qad. metamorfik jinslar (sla-nets, granit, ohaktosh va b.)dan, shuningdek, mezokaynozoyning choʻkindi qatlamlaridan tarkib topgan. Seysmik faol zona. Iqlimi quruq, kontinen-tal. Yillik yogʻin 300—800 mm, jan.-sharqi yozgi mussonlar taʼsirida boʻladi. Iqlimi va landshafti balandlik mintaqalari boʻyicha oʻzgarib boradi. Daryolari qor va muzdan toʻyinadi, bahor va yozda toʻlib oqadi. Shim. va jan. yon bagʻirlari landshafti bir-biridan farq qiladi. Pastdan yuqoriga shim. qismidagi boʻz tuproqlarda koʻp yillik baland boʻyli oʻtlar, shuvoq, pista, togʻ jigarrang va qizil tuproqlarda kserofit butalar, archa, kam chirindili togʻ choʻl tuproqlarida togʻ quruq dasht yoki choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Nisbatan sernam jan.-sharqiy yon bagʻirlaridagi subtropik jigarrang tuproqlarda barg toʻkuvchi quruq oʻrmonlar va butalar, 2500 m gacha balandlikda hindhimolay tipidagi keng bargli oʻrmonlar, 2500 — 3300 m da igna bargli va aralash oʻrmonlar, 3300 — 3700 m va undan balandda subalp va alp oʻtloqlari tarqalgan.