Hermann Rorschach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
German Rorshax
Tavalludi 8-noyabr 1884-yil
Syurix, Shveysariya
Vafoti 1-aprel 1922-yil(1922-04-01)
(37 yoshda)
Herisau, Shveysariya
Fuqaroligi Shveysariyalik
Millati Shveysariya
Sohasi Psixiatriya, psixometriya
Mashhur ishlari Rorschach testi
Taʼsir olgan Eugen Bleuler

German Rorshax (olm: Hermann Rorschach 8-noyabr 1884 - 1-aprel 1922) Shveysariyalik Freudcha psixiatr va psixoanalitik, "Rorschach testi" shaxsiy tadqiqotlar testining muallifidir.

Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rorshax Shveysariyaning Syurix shahrida tugʻilgan, oilada uch farzandning toʻngʻichi, otasi Ulrich Rorshax. Singlisining ismi Anna va ukasining ismi Paul boʻlgan. U bolalik va oʻsmirlik davrini Shveysariya shimolida joylashgan Shaffhauzen shahrida oʻtkazgan. U kleksografiyadan (siyoh dogʻlaridan ajoyib «surʼatlar» tayyorlash) rohatlanardi va uni maktabdosh doʻstlari Klecks yaʼni «siyoh dogʻi» deb atar edi.

Rorshaxning otasi sanʼat oʻqituvchisi boʻlgan, otasining ijodi, yaratuvchanligi va oddiy surʼatlarni chizishi, tasvirlashi uni ilhomlantirgan.[1] Maktabni bitirish arafasida, u kelajakda sanʼat yoki fanda ish faoliyatini yurgizish uchun aniq bir qarorga kelolmagan. Keyin mashxur olmon biologi Ernst Haeckelga maslahat soʻrash maqsadida xat yuboradi. Olim Rorshaxga fanni tavsiya qiladi va u Syurix universiteti qoshidagi tibbiyot maktabiga aʼzo boʻladi. Rorshax 1906-yilda Berlinda oʻqib yurgan chogʻida, Rossiyada boʻladigan bayramga borish uchun rus tilini oʻrgana boshlaydi.

U, Carl Jungni oʻqitgan mashxur psixiatr Eugen Bleuler qoʻl ostida oʻqiy boshlaydi. Psixoanaliz uzra intellektual doirada ilhomi joʻshayotgan Rorshax hayoliga doimiy ravishda bolalik davridagi siyoh dogʻlari keladi. Talabalik davrida, u turli xil insonlarga bir xil siyoh dogʻlari bilan tasvirlangan har xil detallarni koʻrsatmoqchi boʻladi va siyoh dogʻlari bilan tasvirlangan surʼatlarni maktab bolalariga koʻrsatadi va ularning javoblarini analiz qiladi.

1857-yilda olmon doktori Justinus Kerner ommabop sheʼriy kitobni nashr ettiradi,

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „German Rorshax tarjimai holi (ingliz tilida)“. Brography.com. Biography.com. 2013-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2013-yil.