Hasharotxoʻrlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasharotxoʻrlar (Insectivora) — sut emizuvchilar turkumi. Eng qad. va tuban tuzilgan yoʻldoshlilar. Boʻr davrida paydo boʻlgan. H. barcha yoʻldoshlilarning ajdodlari boʻlishi ham mumkin. Koʻpchilik H. besh barmoqda, tovonda yuradi. Tishlari yaxshi ixtisoslashmagan, bosh miyasining hidlov boʻlaklari kuchli rivojlangan. 6 oilasi: tipratikanlar, tenreklar, tilla krotlar, yoriqtishlilar, yerqazarlar, sakrovchilar mavjud. Ayrim zoologlar vixuxolsimonlar, vidrasimon yerqazarlar, tupayyasimonlarni ham ana shu turkumga kiritishadi. Avstraliya, Janubiy Amerikaning koʻp qismi, Antarktida va Grenlan-diyadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan. Oʻzbekistonda tipratikanlar va yerqazarlar oilalariga mansub 6 turi: qora ignali tipratikan, quloqdor tipratikan, mitti oqtish, ola putarak, kichik oqtish, oq qorin oqtish tarqalgan. Koʻpchilik H. shomda faollashadi. H. oʻrmon xoʻjaligiga ziyon keltiradigan umurtqasiz hayvonlarni qirib foyda keltiradi. Ayrim turlari ovlanadi. 8 turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.