Hamdoʻstlik Kubogi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamdoʻstlik Kubogi (rus. Кубок Содружества) - SSSRning sobiq respublikalari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan futbol turniri. Ilk turnir 1993-yilning yanvar oyida oʻtkazilgan. 2011-yilgacha turnirda Sobiq Ittifoqga aʼzo turli davlatlar klublari ishtirok etib kelishgan. 2012-yildan turnirda mamlakatlar yoshlar terma jamoasi ishtirok etib keladi. Hamdoʻstlik Kubogi 1993-2007 va 2009-2010-yillarda Moskvada, 2008-yil va 2011-yildan Sankt-Peterburgda oʻtkazilib kelinadi.

Fayl:CISCup.png
Hamdoʻstlik Kubogi logotipi

Tarixi[tahrir]

1992-yilning iyulida «MDH Futbol Federatsiyalari Assotsiatsiyasi» ijroiya qoʻmitasi «Hamdoʻstlik Chempionlari Kubogi» turnirini oʻtkazish haqida qaror qabul qildi. Yangi turnir ilk musobaqasi 1993-yilning iyul oyida oʻtkazildi. Oʻshanda turnirni bundan buyon yozda oʻtkazish haqida takliflar tushdi, biroq klublarning yozda ichki chempionatda qtnashishi va oʻyinlar soni koʻpligi bois tunir har yili qishning yanvar oyida oʻtkazilishiga kelishildi. Ushbu turnir 15 ta milliy futbol federatsiyasini toʻplashi tufayli ushbu turnir xalqaro maqomga ega boʻldi, shuning uchun «Hamdoʻstlik Kubogi»ga har safar FIFA va UEFA Prezidentlari tashrif buyurishadi.

Turnir oʻtkazila boshlangan ilk yillarda futbol ishqibozlari va mutaxassislarni «Hamdoʻstli Kubogi» katta qizziqish uygʻotdi. Biroq ilk ikkita turnirda Ukraina klublari ishtirok etishmadi, shuning uchun Rossiya klublari turnirning yaqqol favoritlari boʻlishdi. 1995-yildan boshlab Ukraina klublari turnirda qatnasha boshlashdi. Shundan keyin turnirning saʼviyasi oʻsa boshladi va ishqiboqzlarga yorqin oʻyinlar namoyish etildi. Eng murosali oʻyinlardan biri bu Kiyevning «Dinamo» va Moskvaning «Spartak» toʻqnashuvlari edi.

Finallar[tahrir]

Yil Chempion Finaldagi hisob Finalchi
1993 Flag of Russia.svg Spartak Moskva 8:0 Flag of Belarus.svg Dinamo-93
1994 Flag of Russia.svg Spartak Moskva 7:0 Flag of Uzbekistan.svg Neftchi Fargʻona
1995 Flag of Russia.svg Spartak Moskva 5:1 Flag of Georgia.svg Dinamo Tbilisi
1996 Flag of Ukraine.svg Dinamo Kiyev 1:0 Flag of Russia.svg Spartak Vladikavkaz
1997 Flag of Ukraine.svg Dinamo Kiyev 3:2 Flag of Russia.svg Spartak Moskva
1998 Flag of Ukraine.svg Dinamo Kiyev 1:0 Flag of Russia.svg Spartak Moskva
1999 Flag of Russia.svg Spartak Moskva 2:1 Flag of Ukraine.svg Dinamo Kiyev
2000 Flag of Russia.svg Spartak Moskva 3:0 Flag of Moldova.svg Zimbru
2001 Flag of Russia.svg Spartak Moskva 2:1 Flag of Latvia.svg Skonto
2002 Flag of Ukraine.svg Dinamo Kiyev 4:3 Flag of Russia.svg Spartak Moskva
2003 Flag of Moldova.svg Sherif Tiraspol 2:1 Flag of Latvia.svg Skonto
2004 Flag of Georgia.svg Dinamo Tbilisi 3:1 Flag of Latvia.svg Skonto
2005 Flag of Russia.svg Lokomotiv Moskva 2:1 Flag of Azerbaijan.svg Neftchi Boku
2006 Flag of Azerbaijan.svg Neftchi Boku 4:2 Flag of Lithuania.svg Kaunas
2007 Flag of Uzbekistan.svg Paxtakor 0:0 (pen. 9:8) Flag of Latvia.svg Ventspils
2008 Flag of Azerbaijan.svg Xazar Lenkoran 4:3 Flag of Uzbekistan.svg Paxtakor
2009 Flag of Moldova.svg Sherif Tiraspol 1:1 (pen .5:4) Fayl:Flag of Kzakhstan.svg Aktobe
2010 Misol Misol Misol
2011 Misol Misol Misol
2012 Misol Misol Misol
2013 Misol Misol Misol
2014 Misol Misol Misol
2015 Misol Misol Misol