Half-Life

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Half-Life
Ishlab chiqaruvchi Valve Corporation
Nashir etuvchi

Sierra Studios (muddati tugagan)
Electronic Arts

Valve Corporation
Chiqarilgan sana 20-noyabr 1998-yil
Janr FPS
Platformalar Microsoft Windows, PlayStation 2
Media CD, DVD, Steam
Keyingi soni Half-Life 2

Half-Life (inglizcha Yarim parchalanish davri, nimhayot) Valve kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va Sierra kompaniyasi tomonidan 1998-yilda nashr etilgan ilmiy-fantastik shooterdir. Oʻyinning dasturiy yadrosi, GoldSrc, Quake yadrosining keskin oʻzgartirilgan shakli boʻlib, Valve tomonidan id Softwaredan litsenziya olib ishlatilgan. Keyinchalik kod butunlay qayta yozib chiqildi. Half-Life kompyuter oʻyinlari ichida uzluksiz, videonamoyishlarsiz davom etadigan ilk oʻyin boʻldi. Oʻyindagi barcha voqealar faqatgina bosh qahramon tomonidan kuzatiladi. Shuningdek Half-Lifeda oʻsha payt uchun eng ilgʻor sun’iy ong unsurlari ishlatildi. Oʻyinning yuqori darajada mashhurligi (u kompyuter uchun FPSlar orasida hamon yetakchi) koʻpgina add-onlar chiqishiga sabab boʻldi, jumladan Half-Life: Blue Shift va Half-Life: Opposing Force kabi; bundan tashqari, juda koʻp modlar yasaldi, ular orasida eng mashhuri Counter-Strike va Half-Life: Team Fortess Classiclardir. Yana 2004-yilda oʻyinning davomi — Half-Life 2 nashr etildi.

Sujet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyindagi voqealar Oklaxoma shtatining (AQSh) Blek Mesa togʻida joylashgan ulkan yerosti ilmiy-tadqiqot majmuida (Qora Mesa Tadqiqot Markazi) boʻlib oʻtadi; bu toʻqima majmua haqiqatdan mavjud „Los Alamos“ va „51-hudud“ majmualaridan ilhomlanib oʻylab topilgan, degan fikr mavjud.

  • Qora Mesaga Kirish (Black Mesa Inbound) Bosh qahramon, Massachusets Texnologik Institutidan kelgan fizik-nazariyotchi Gordon Freeman, ishga, Qora Mesadagi anomal materiallar boʻlimiga keladi. Bu boʻlim Gordon Freemanʼning monorelsli poyezdda harakatlanishi bilan oʻtadi, shu bilan birga u Qora Mesa haqida umumiy tasavvurlarga ega boʻladi.
  • Anomal Materiallar (Anomalous Materials) Freemanʼga yuqori xavfsizlikni taʻminlovchi maxsus kiyim-bosh (HEV) beriladi. HEV — yuqori texnologik kiyim, u tashqi zararni kuzatadi va qisman yuta oladi, haroratni, radiatsiya darajasini, egasining sogʻligʻini kuzata oladi va hatto birinchi tibbiy yordam ham koʻrsata oladi (ogʻriqsizlantiruvchi vositalar emlash va singan suyaklarni oʻstirish orqali). Kiyimga uzoqqa sakrash uchun moslama ham oʻrnatish mumkin. Bundan soʻng Frimenni nomaʼlum material bilan tajriba oʻtkazishga yuborishadi.
  • Kutilmagan Oqibatlar (Unforeseen Consequences) Tajriba davomida fojea roʻy beradi (olimlar keyinchalik u haqda „kaskadli rezonans“, deb mulohaza qilishadi; bu atama ham oʻylab topilgan). Rezonans natijasida parallel olamlar orasidagi chegara buziladi, majmua qisman zaralanadi hamda Ksendan kelib qolgan maxluqlar bilan toʻlib ketadi.
  • Ofis Majmuasi (Office Complex) Gordon Freeman yordam keltirish uchun yer yuzasiga chiqishga harakat qiladi, bunda u yoʻlda uchragan maxluqlarni oʻldiradi va tirik qolgan olimlar va qoʻriqchilar yordamiga tayanadi.
  • "Bizning Dushmanlarimiz Bor" („Weʻve Got Hostiles“) Tez orada Freeman „yordam“ kelganidan xabar topadi — hukumat tajribaning barcha asoratlari va guvohlarini yoʻq qilish uchun maxsus boʻlinma yuboradi. Endilikda doʻzaxga aylangan inshootda Frimen ham shu boʻlinmaga, ham maxluqlarga qarshi kurashishga majbur boʻladi.
  • Reaktiv Shaxta (Blast Pit) Reaktiv dvigatellarni sinash shaxtasiga bahaybat uch boshli maxluq ("Tentacle") joylashib olgan. Freeman uni yoqib yuboradi; buning uchun u yoqilgʻi, kislorod va elektr energiyasi manbalarini ishga tushiradi.
  • Power Up Tashqariga chiqish uchun temir yoʻl orqali harakatlanish zarur, lekin isteʻmol generatori ishlamaydi, generatorga yoʻlni esa ulkan maxluq — Gargantua toʻsib turibdi. Freeman uni nosoz generator yoniga chalgʻitib olib boradi, u yerda esa Gargantua elektr zaryadidan halok boʻladi.
  • Temir Yoʻlda (On the Rail) Temir yoʻldan oʻtish maxsus boʻlinma tufayli ancha qiyinlashadi. Boʻlim soʻngida Frimen sunʼiy yoʻldosh uchiradi, natijada olimlar parallel olamdan maxluqlar hamon kelayotganini aniqlashadi.
  • Tutilish (Apprehension) Bu boʻlim nihoyasida Freeman qopqonga tushadi. Maxsus boʻlinma askarlari uni tutib olib doʻpposlashadi va Freeman hushidan ketadi. Askarlar undan sud va tergovsiz qutulish uchun axlathonaga tashlab yuborishadi.
  • Chiqindilarni Qayta Ishlash (Residue Processing) Biroq Freeman axlatni siquvchi pressdan omon chiqadi. Yana qurollanib, chiqindilarni qayta ishlash zavodidan chiqib ketadi.
  • Shubhali Axloq (Questionable Ethics) Freeman yashirin laboratoriyadan oʻtadi. Bunda u hukumatning parallel olamni jamiyatdan yashirincha oʻrganib kelayotgani haqida bilib qoladi.
  • Sirt Tarangligi (Surface Tension) Yer ostidagi doʻzaxdan qutulgan Frimen yer ustida ham fojealar boʻlayotganini koʻradi. U bir necha harbiy texnika(tanklar, vertolyot)ni ishdan chiqarib, minalashtirilgan binodan oʻtadi va oʻldirilgan askarning ratsiyasidan foydalanib, bir necha aviazarbalar soʻraydi; bu zarbalar natijasida yana bir Gargantua oʻladi va „Lyambda“ yashirin majmuiga yoʻl ochiladi.
  • "Freemanʼni Unuting!" („Forget about Freeman!“) Askarlar maxluqlarga qarshi kurashish befoyda ekanligini anglab, evakuatsiya boshlashadi. „Qora Mesa“ bombardimon qilinadi. Bu orada Freeman Lyambda Reaktoriga boradi.
  • Lyambda Reaktori (Lambda Core) Frimen hukumat teleportatsiya texnologiyasini ham egallaganini bilib qoladi. U teleportlar tizimidan foydalanib, yadro reaktorini ishga tushiradi, natijada Ksenga oʻtish yoʻli ochiladi. Olimlar izohlashicha, Ksendagi qandaydir mavjudot kaskadli rezonans asoratlarini daf etishga yoʻl qoʻymayotgan emish. Frimen shu mavjudotni yoʻq qilishi kerak.
  • Ksen (Xen) Gʻaroyib va sinoatlarga boy Ksen olami, tubsizlik uzra muallaq turgan orollar, yarimorganik teleportlar, kichik gravitatsiya va hk…
  • Gonarch Uyasi (Gonarch’s Lair) Freeman yoʻlida yana bir toʻgʻanoq — Gonarch paydo boʻladi. Uzoq davom etgan olishuvdan soʻnggina Freeman uni daf etadi.
  • Interloper Ksenning sirli fabrikalari. Bu yerda vortigauntlarning insonga yot emasligi aniqlanadi, biroq Ksenning xoʻjayinlari ularni odamlarga hujum qilishga majburlashadi. Frimen oxirgi teleportga kiradi.
  • Nihilanth Mana, nihoyat, fazolararo teshikni yopishga moneʼlik qilayotgan oʻsha mavjudot. Freeman Ksendagi maxluqlardan qochib, Nihilanth'ni yoʻq qilishi kerak. Nihilant oʻlimidan soʻng qulab tushayotgan gʻorda Freemanʼning oʻzi ham halok boʻlishi mumkin edi, lekin uni u yerdan allaqanday keys tutgan kishi chiqarib oladi. Ayon boʻladiki, Freeman nafaqat insoniyatni qutqargan, balki Ksenni odamlar tomonidan fath etilishiga ham tayyorlagan ekan. Freeman uni beburdlarcha ishlatishganini anglaganidan soʻng keys ushlagan kishi uning oldiga shart qoʻyadi: yoki uning hukumat tarafga oʻtib ishlash taklifini qabul qiladi, yoki maxluqlar qoʻshini oldida qurolsiz qolib, halok boʻladi.

Nihoya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinning tushunarsiz nihoyasi gamer'lar orasida koʻplab savollar tugʻdirdi, lekin bu oʻyinning davomi chiqarilishi va shu bilan barcha savollarga javob topish mumkinligiga umid paydo qildi. Valve kompaniyasi aynan shunday yoʻl tutdi — Half-Life 2 nashr etildi. Lekin u yanada koʻproq savollar hosil qildi. Oʻyin oxirida Freeman avvalboshda Mesa majmuasi boʻylab safar qilgani kabi vagonda paydo boʻlib qoladi. Vagon bamisoli fazoda uchib ketayotgandek, Freemanʼning roʻparasida esa keys tutgan G-man turibdi va unga „ish“ yoki „yutish iloji yoʻq jang“ taklif qilayapti. Vagonning ochilgan eshigi ortidagi teleportga sakrab, Frimen G-manning ish haqidagi taklifiga rozi boʻladi; aks holda esa, yaʼni vagonda G-man bilan harakatlanishda davom etsa, eshik yopilib, Freeman toʻsatdan oʻzga sayyoralik askarlar bilan toʻlib-toshgan joyga (Ksenga, deb taxmin etiladi) teleportatsiya etiladi („yutish iloji yoʻq jang“ — Freemanʼning na himoya kiyimi, na qurol-yarogʻi bor). Har ikki holda ham oʻyin yakunlanadi: Freeman yoki „yollandi“ (bu haqda tegishli titrlarda yoziladi), yoki halok boʻladi. Birinchi holda ayniqsa koʻp savollar tugʻiladi. Bu savollarga ikkinchi oʻyinda qisman javob topiladi, biroq baʻzi savollar hamon javobsiz (jumladan, keys tutgan kishining kimligi).

Shunisi qiziqki, Freeman „yollanishi“ bilan tugaydigan holda chiquvchi titrlar saqlangan fayl TRAITOR (sotqin), deb nomlangan, ikkinchi holdagi fayl esa LOSER (magʻlub), deb atalgan.