Guldoʻzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guldoʻzi — zardoʻzlikdagi asosiy tikish usullaridan. Andaza asosida kesib olingan naqsh (gul) yuzasining oʻzi zar ip bilan qoplab tiqiladi, zamini ochiq qoldiriladi. Shuning uchun G. usulida bezatiladigan buyumning matosi, rangi, sifati hamda qoʻllaniladigan G. choklari muhim ahamiyatga ega. Charm, karton yoki qogʻozdan tayyorlangan naqsh-nusxa matoga tikib yoki yopishtirib biriktiriladi, ustidan zar ip bilan tikib boʻrtma naqshgul hosil qilinadi. 19-asr oʻrtalarida andaza charmdan, keyinchalik karton (Rossiyadan keltirilgan "latta qogʻoz")dan tayyorlangan, 1870—75 yillarga oid buyumlar andazasi oq mesh (zamsha) charmdan tayyorlangan. Kichik gullar tagiga baʼzan paxta qoʻyib, bir necha qavat taxlangan mato ustiga tahrir choki tikilgan (yana qarang Zamindoʻzi).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil