Guano Apes

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guano Apes
Umumiy maʼlumot
Kelib chiqishi Göttingen
Mamlakat Germaniya
Faoliyat yillari 19942005
Janr alternativ rok
Leybl GUN/Supersonic Records
Tarkib Dennis Poschwatta
Henning Rümenapp
Sandra Nasić
Stefan Ude
Vebsayt www.guanoapes.org

Guano Apesalternativ rok stilida ijod qiluvchi kvartet. Guruh 1994-yili Göttingenda tashkil topgan.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

1994 - 2005[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guano Apes 1994-yili Germaniyaning Göttingen shahrida, gitarachi Henning Rümenapp, baschi Stefan Ude va barabanchi Dennis Poschwatta tomonidan tashkil topdi. Keyinroq, shu yilning oʻzida guruhga vokalchi Sandra Nasić qoʻshiladi. Guruhning karyerasi 1996-yilda "Open Your Eyes" qoʻshigʻi bilan mahalliy guruhlar tortishuvida gʻalaba qozonganlaridan boshlandi. Qoʻshiq ularning birinchi va eng muvaffaqiyatli singli boʻladi va 1997-yili debyut albomi Proud Like a Goddan keyin chiqariladi. Shuningdek, "Open Your Eyes" Warren Millerning filmi "Ellik" (1999)da ishlatiladi.

2000-yilda Guano Apes oʻzligining ikkinchi albomi - Don't Give Me Namesni chiqarishadi. "Big in Japan" (Alphaville'ga kaver) va "No Speech" singllari efirda juda koʻp qoʻyiladi va albom Germaniyada oltinlik unvoniga erishadi. Walking on a Thin Line 2003-yilda relizlanadi va "Quietly" hit-singlini dunyoga keltiradi. Guruh eng yaxshi qoʻshiqlari terilgan Planet of the Apes albomining relizi va 2005-yilning fevralida tugagan yakuniy turidan soʻng tarqalib ketadi.

Guano Apes'dan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh parchalanib ketganidan keyin, Lost (T)apes albomi relizlanadi. Bu albom 1994-1995-yillarda yozilgan ammo keng ommaga taqdim etilmagan demo yozuvlarni oʻz ichiga olardi.

Dennis Poschwatta yangi guruh - Tamotoda gitara chaladi va vokalda turadi. Stefan Ude ham Tamoto'ning debyut albomining yozilishida ishtirok etadi. Henning Rümenapp koʻproq 'sahna ortida' ishlamoqda. Sandra Nasic yakkahon albom ustida ishlamoqda.

Guruh ishtirokchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:88007551.jpg
Guano Apes — Live
Fayl:06055168 b003.jpg
Planet Of The Apes

Singllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Proud Like A God uchun "Kometa
  • Proud Like A God va Don't Give Me Names uchun ECHO
  • MTV Music Award (2001)
  • Guano Apes eng yaxshi guruh va Sandra Nasić eng yaxshi qoʻshiqchi deb topilganligi uchun "Eins Live Krone"

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]