Grodno viloyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grodno viloyati - Belorussiya tarkibidagi viloyat. 1944 y. 20 sent.da tashkil etilgan. Respublikaning garbida, Neman daryosi havzasida. Mayd. 25,0 ming km2. Aholisi 1198,5 ming kishi (1998), asosan beloruslar; polyak, rus, ukrain va b. ham yashaydi. G.v. 17 tumanga boʻlingan; 10 shahar, 22 shaharcha bor. Markazi — Grodno sh.

G.v.ning yer yuzasi asosan tekislik, shuningdek, pasttekislik va qirlardan iborat. Foydali qazilmalari: torf, gil, mergel, boʻr, silikat qumlar, ohaktosh, shagʻal.

Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 5° dan — 7° gacha, iyulniki 17,5 — 18,5°. Vegetatsiya davri 188 — 200 kun. Yillik yogʻin 550 — 650 mm. Daryolari: Neman va uning irmoqlari, jan.

da Narev (Visla havzasi). Koʻllari: Beloye, Ribnitsa, Svityaz. Tuproqlari: chimli podzol, torfli botqoq va oʻtloqli allyuvial. Hududining qariyb 31% oʻrmon, 20% ga yaqini botqoklik. G.v. jan.ni Belaya Veja pushchait shim. qismi egallagan.

G.v.ning xoʻjaligi qurilish materiallari, mineral oʻgʻitlar, q.x. mashinalari, karton, qogʻoz, fanera, mebel, poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari i.ch.ga ixtisoslashgan. Energetikasi mahalliy torf asosida ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari (q.x. mashinalari, avtomobil ehtiyot qismlari va avtomobil agregatlari, quyma jihozlar, elektr buyumlari ishlab chiqariladi) rivojlangan. Qurilish materiallari sanoatida sement, temir-beton, yirik bloklar, panellar, gʻisht, ohak ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati (azotli oʻgʻitlar, kaprolaktam, lak va boʻyoqlar) rivojlanmoqda. Oziq-ovqat (goʻsht, moysir, sut, spirt), yengil (koʻn poyabzal, tikuvchilik, jun, ip, gazlama, zigʻir tola), yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor.

Q.x. gʻalla (javdar, arpa, bugʻdoy, suli) va texnika ekinlari (qand lavlagi, tolali zigʻir) yetishtirishga ixtisoslashgan. Shuningdek, kartoshka va yem-xashak ekinlari eqiladi. Botqoqliklardan quritilgan maydonlar dehqonchilikda foydalanilmoqda. Sut-goʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik yetakchi oʻrinda. T.y. va avtomobil yoʻllari bor. Neman daryosida kema qatnaydi. G.v.da universitet, tibbiyot va q.x. institutlari, drama teatri, 8 muzey mavjud.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil