Grin Baku

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grin Baku (inglizcha Green Baku — Yashil Baku, (oʻzbekcha Yashil Baku)) — nodavlat ekologiya tashkiloti boʻlib, keng qamrovli ijtimoiyat diqqatini Absheron yarimoroli maishat chiqindilarilari muammosiga qaratish maqsadi bilan yaratilgan. Ushbu tashkilot Ozarbayjondagi oʻzini moliyalashtiradigan ilk nodavlat tashkilotlardan biri hisoblanadi va u Green Peace, 350.org kabi xalqaro mavqega ega boʻlgan ekologiya tashkilotlari tomonidan tan olingan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil iyul oyida Ozarbayjon texnika universiteti birinchi kurs talabalari tomonidan Facebook sahifasi yordamida yaratilgan. 2010-yil avgust oyining soʻngiga qadar foydalanuvchilar soni ming nafargacha koʻpayadi. Tashkilotning yaralgan kuni deb birinchi aksiya oʻtkazilgan vaqt hisoblanadi, yaʼni 2-sentabr 2010-yilda «Dunyo iqlim yakshanbaligi» (10/10/10) aksiyasida Ozarbayjon nomidan qatnashgan.

Asosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Harakatning asosiy faoliyati koʻchalarda maishat chiqindilarining kamaytirilishi, darahdlar ekish, aholi oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borish va maktab oʻquvchilariga taʼlimlar oʻtkazishdan, shuningdek, davlat volonter tashkilotlari ishini tashkillashtirishdan iboratdir. Maishat chiqindilarini yigʻishtirish aksiyalari Kaspiy dengizi plyajlarida va Baku shahri markaziy koʻchalarida oʻtkaziladi. 2010-yil oʻtkazilgan aksiyalar natijasida Kaspiy dengizi qirgʻoqlaridan 15 tonnaga yaqin chiqindi yigʻilgan. Har bir aksiya qatnashuvchilari esa 25 tadan koʻp boʻlmagan.

Yordam faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot faoliyati davomida faollar tomonidan yetim bolalar va qochoqlarga yordam maqsadi bilan bir qancha gumanitar aksiyalar oʻtkazilgan. 2010-yilning 2-noyabrida Ozarbayjon Ekologiya va Tabiiy resurslar vaziri Huseynoglu Bagirov tashkilot vakillarini qabul qiladi. Ushbu koʻrish natijasida «Green Baku» tashkiloti barcha mahalliy loyiha va aksiyalarga qoʻshiladi.

Tashkilot va boshqaruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot ustavi hech qanday siyosiy aksiya va chiqishlarga yoʻl qoʻymaydi. Atrof-muhitni ifloslashtirayotgan insonlarga qarshi agressiv harakat qilishni tarafdori emas. Faol volonterlar maʼsuliyatni oʻzaro boʻlishgan holda har 3 oyda bir marta liderni saylaydila. 2011-yil boshlanishi hisoblariga koʻra tashkilotning 1150 nafar aʼzosi bor. Tashkilotning barcha aʼzolari koʻngilli tarzda faoliyat koʻrsatishadi va ishlarning barini bepul amalga oshiradilar.

  • Guruh lideri (har 3 oyda saylanadi) — Aydin Huseynov
  • Moliyachi — Leonid Dobin
  • Sayt va forum boʻyicha yordamchi — Elvin Damirov (tashkilot yaratilishi ideyasining sohibi)
  • Dizayner — Jamil Aslanov
  • Marketing — Zakiya Aslanov
  • Fotograf — Saida Huseynova
  • Loyihalar boʻyicha tashkilotchi — Leman Aliyeva
  • Ijtimoiy aloqalar — Sevda Mamedova
  • Bosh kotib — Valeriy Garber

Aksiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 5 sentabr 2010-yil — «Chiqindisiz Absheron qirgʻogʻi — Hovsani 1»
  • 25 sentabr 2010-yil — «Chiqindisiz Absheron qirgʻogʻi — Sumgait»
  • 26 sentabr 2010-yil — «Chiqindisiz Absheron qirgʻogʻi — Hovsani 2»
  • 10 oktabr 2010-yil — «Velosipedchilar shahri»
  • 10 oktabr 2010-yil — «Plastiklar ovi»
  • 10 oktabr 2010-yil — «Botanika bogʻi»
  • 7 noyabr 2010-yil — «Chiqindisiz Absheron qirgʻogʻi — Bilgax»
  • 5 dekabr 2010-yil — «Chiqindisiz Absheron qirgʻogʻi — Shixov»
  • 21 dekabr 2010-yil — «Toza koʻcha — Toza Diyor» — 23-maktab

Tandiq[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashkilot faollarini asosan ham insonlar va ham Ozarbayjon hukumatiga qarshi yumshoq siyosat olib borishlarini tandiq qiladilar. Birinchi aksiyalarning qatnashuvchilari keyinchalik quyidagi ifodani ishlatib keyingi aksiyalarda ishtirok etishdan bosh tortdilar: «Men boshqalarning tashlagan chiqindisini yigʻishtirmayman». Bu nuqtai nazarni hukumatga bosim oʻtkazish va qoidabuzuvchilarga qarshi agressiv siyosat olib borishni yana ham tezroq natija beradi deb hisoblagan faollarning bir qismi qoʻllab-quvvatlaydi.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Faoliyat davri mobaynida tashkilot ismi bir necha marotaba oʻzgargan.
  • «Birgalikda Bakuni tozalaymiz!»
  • «Biz Bakuni tozalaymiz!»
  • «Toza shahar»
  • «Green Baku»