Grenlandiya dengizi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Joylashuvi Shimoliy Amerika va Shimoliy Yevropa
Koordinatalari 76°N 8°W / 76°N 8°W / 76; -8 G OKoordinatalari: 76°N 8°W / 76°N 8°W / 76; -8 G O
Okean tipi dengiz
Havzaga aloqador oʻlkalar Grenlandiya, Islandiya va Norvegiya
Yuzasi 1,205,000 km2 (465,300 mi²)
Oʻrtacha chuqurligi 1,444 m (4,738 ft)
Eng katta chuqurligi 4,846 m (15,899 ft)
Suv hajmi 1,747,250 km3 (419,000 cu mi)
Manbalar [1][2]

Grenlandiya dengizi — Shimoliy Muz okeanining chekka dengizi hisoblanadi. Grenlandiya, Shpitsbergen, Medvejiy, Islandiya, Yanmayen orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 1,205,000 km2 (465,300 mi²) ni tashkil etadi. Oʻrtacha chuqurligi 1444 m boʻlib, eng chuqur joyi 5527 m ni tashkil etadi. Oʻrtacha suv hajmi 1740 km3 ga teng.

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Grenlandiya dengizining iqlimi sovuq, arktika iqlimiga xosdir. Dengizning gʻarbidan Sharqiy Grenlandiya sovuq oqimi, sharqidan esa Golfstrimning tarmogʻi boʻlgan — Shpitsbergen iliq oqimi oʻtadi. Suvning oʻrtacha temperaturasi shimoliy qismida fevralda —6 C dan past, janub va janubi-sharqida 1—2° C, avgustda shimoliy-gʻarbida 0 °C dan past, janubiy-sharqida 6 °C gacha yetadi. Oʻrtacha shoʻrligi 33—35 promilliga teng. Har 12 soatda suv sathi 4,4 m gacha koʻtarilib, pasayib turadi. Suvining rangi koʻpincha yashil tusda boʻladi. Grenlandiya dengizida kit va Grenlandiya tyuleni shuningdek, baliqlar ovlanadi. Asosiy portlari: Barensburg (Shpitsbergen orolida), Akyureyri (Islandiya orolida) hisoblanadi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Greenland Sea“ (ru). Great Soviet Encyclopedia. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 5-sentyabr.
  2. „Greenland Sea“. Encyclopædia Britannica on-line.
  3. "Grenlandiya dengizi" OʻzME. G-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil