Grek-turk urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Grek-turk urushi (1919-22) -Gresiyaning Turkiyaga qilgan urushi. Antanta davlatlari Gresiyani qoʻllabquvvatlagan. G.-T. u. turk xalqining chet el bosqinchilariga qarshi milliy ozodlik harakatiga aylanib ketgan. Grek qoʻshinlarining son jihatdan ustunligi, texnik jihatdan mukammal qurollanganligiga qaramay, turk qoʻshinlari ularni bir necha marta (1921 y. 10 yanvar va 31 martda Inyonyuda, 1921 y. 23 avg . — 13 sent.da Sakaryada, 1922 y. 30 avg .da Dumlupinarda) magʻlubiyatga uchratgan va 1922 y. 18 sent.ga kelib Anadolu hududini ozod qilishgan.

Batı anadolu yakılan kasabalar.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil