Gorst

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gorst (nem. Horst — doʻnglik, balandlik) — Yer poʻstining uzilmalar boʻyicha yuqoriga koʻtarilgan qismi. G.ning oʻlchami turlicha — uzunasiga yuzlab km ga, eni bir necha oʻn km ga yetadi. G. boʻylama — yoʻnalishi togʻ jinslarining deformatsiyalashgan yoki burmali togʻlar yoʻnalishiga yaqin; koʻndalang — yoʻnalishi burma oʻqiga koʻndalang; qiya — nishab tekisligi barcha maydonda bir tomonga qiya; bir tomonlama — faqat bir tomondan irgʻitma yoki uzilma bilan chegaralangan; ponasimon — pastga tomon torayib boruvchi; oddiy — hamma tomonidan faqat birgina irgʻitma yoki uzilma bilan chegaralangan; murakkab (zinasimon) — bir necha uzilmalar bilan ajralgan, burmali — qatlamlar burmalangan xillarga boʻlinadi. G. Oʻzbekistondagi togʻlarda koʻp uchraydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil