Gonolulu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gonolulu — AQShdagi shahar va port. Gavayi shtatining maʼmuriy markazi. Tinch okeandagi dengiz va havo yoʻllarining muhim tuguni. Oaxu o.ning jan. sohilida joylashgan. Aholisi 371,6 ming , shahar atrofi bilan birga 800 mingdan ziyod kishi (2000). Shakar-qand, meva-konserva va baliq-konserva zavodlari, kemasozlik korxonasi bor. Gavayi o.lari tashqi savdosining deyarli hammasi G.orqali oʻtadi. Kurort joy. Turizm markazlaridan. G.da universitet (1919), Tinch okean aloqa instituti, xalqaro aeroport va b. bor. G.dan gʻarbroqdagi Perl-Harbor buxtasida AQShning Tinch okeandagi eng yirik harbiy dengiz bazalaridan biri joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil