Goʻzal qora

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Goʻzal qora — oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Butunittifoq oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutining Oʻrta Osiyo tajriba st-yasida M.S.Juravel, AM.Negrul, G.K.Muhamedovlar tomonidan Kattaqoʻrgʻon va Dodrelyabi navlarini chatishtirib olingan duragay urugʻlardan chiqarilgan. Tupi kuchli usadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha, yumaloq, 500—600 g keladi. Shingil va gʻujumlari oʻrtacha tigʻiz. Mevasi yirik, koʻkish-qora rangda. G.q. kurtak yozgandan boshlab faol harorat yigʻindisi 2800°da 136 kunda — avgust oyi oxirlarida pishadi. Hosildorligi 220—240 s/ga. Kasalliklar bilan kam zararlanadi. Asosan yangiligida isteʼmol etiladi va mayiz solinadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil