Girin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Girin, Szilin — Shim.-sharqiy Xitoydagi provinsiya. Mayd. 187 ming km2. Aholisi 26,4 mln. kishidan ziyod (1998), aksariyati xitoylar, shuningdek, koreys va manchjurlar ham yashaydi. Maʼmuriy markazi — Chanchun sh. G.ning jan.-sharqiy qismini bal. 500—1200 m boʻlgan Manchjuriyakoreya togʻlari egallagan. Eng baland yeri — 2744 m (Baytoushan togʻi). Iqlimi moʻʼtadil, mussonli. Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —17°, —20°, iyulniki 20—24°. Tekislik joylarida yillik yogʻin 400— 600 mm, togʻlarda 1000 mm gacha. Hududining ancha qismida dehqonchilik qilinadi, 1/3 qismi oʻrmon. G.—mamlakatning muhim sanoat rni. G. hududida toshkoʻmir, mis, qoʻrgʻoshin-rux, temir rudalari, oltin qazib olinadi. Soʻngari dar`sida katta GES qurilgan. G.da avtomobilsozlik, qora metallurgiya (Tunxua) sanoatlari barpo etilgan. Oʻrmon, yogʻochsozlik, qogʻoz va kimyo sanoatlari rivojlangan. Q.x.da dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori, tariq, gaolyan, sholi, qand lavlagi. Qoramol, choʻchqa, qoʻy, yilqi, maral boqiladi. Jenshen yigʻiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil