Giperplaziya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Giperplaziya (giper... va yun. Plasis — shakllanish, hosil boʻlish) — toʻqima va aʼzolar tuzilish elementlari (hujayralar)ning zoʻr berib koʻpayishi natijasida ular sonining ortishi. G. odam, hayvon va oʻsimliklarda ham kuzatiladi. G. asosan hujayraning yangidan qosil boʻlishidir, ammo hujayra ichidagi nozik tuzilmalar (yadro, yadrocha, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma, endoplazmatik toʻr va h.k.)da ham G. roʻy berishi mumkin, ayni vaqtda hujayra koʻpayishi bilan birga kattalashadi (yurakning muskul tolalaridagi; buyrak, jigar epiteliysining hujayralaridagi G.). G. fiziologik (mas, homiladorlikda sut bezlari epiteliysining koʻpayishi), buzilgan funksiyani tiklaydigan regeneratsiya jarayoni (qon yoʻqotilgandan keyin yoki kamqonlikda qon yaratuvchi sistemadagi G.), patologik (endokrin bezlar oʻzaro aloqasining buzilishi natijasida oʻsmalar oʻsishi va h.k.) boʻlishi mumkin. G. baʼzan toʻqimalarning aynib, atipik ravishda oʻsishi va oʻsma hosil boʻlishiga olib keladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil