Gimenomitsetlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gimenomitsetlar (Hymenomycetales) — bazidiyali zamburugʻlar (q. Bazidiomesetlar) bir necha tartiblarining umumiy nomi. Spora hosil qiladigan qavati (q. Gimeniy) koʻpincha zamburugʻ meva va tanasining sirtida ochiq joylashgan. Gimenomitsetlarning 16000 ga yaqin turi mavjud. Ularning koʻpchiligi yeyiladigan zamburugʻlar, ayrim turlari zaharli. Koʻpchilik gimenomitsetlar saprofit, baʼzilari, masalan, poʻkak zamburugʻlari parazit hayot kechiradi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil