Gianni Versace

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir

Gianni Versace (2-dekabr, 1946 - 15-iyun, 1997) liboslar va teatr liboslari bo'yicha yetuk Italiyalik dizayner. U XX asr oxirlaridagi eng iste'dodli dizaynerlardan biri hisoblanadi.

Gianni mashhur Versace moda yorlig'ining asoschisidir. Birinchi butik 1978-yilda Milanda, Via della Spiga da ochilgan va tezda mashhur bo'lib ketgan. Bugungi kunda Versace dunyoning xalqaro yetakchi Modalar uylaridan biridir.

Mundarija

[tahrir] Biografiya

[tahrir] Dastlabki yillar

Gianni Versace Italiya ning Reggio di Calabria shahrida tug'ilgan va akasi Santo, singlisi Donatella, otasi va tikuvchi onasi - Francesca bilan o'sib-ulg'aygan. Uning opasi Tina 12 yoshida kassalikning noto'g'ri davolanishi natijasida vafot etgan.

Gianni yoshligidan onasiga ko'ylaklar tikishda kerakli qimmatbaho toshlarni topishda yordam bera boshlaydi. 25 yoshida Milanga modalar dizayneri bo'lib ishlash uchun yo'l oladi.


[tahrir] Shahsiy hayoti

Gianni Versace 1982 -yilda model Antonio D'Amico ni uchratadi. Juftlik o'rtasida 11 yil davom etgan aloqalar tuziladi va bu Versacening bevaqt o'limiga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig'ida Antonio Versace kompaniyasining sport yo'nalishi bo'yicha dizayner bo'lib ishladi.

Versace hamkorini hayoti davomida oyiga 50 million lira ($26 000 atrofida) nafaqa bilan ta'minlagan va unga o'zining Italiya va Qo'shma Shtatlar dagi uyida yashash huquqini berdi. Hozirda D'Amico o'zining shahsiy companiyasini boshqarmoqda.

[tahrir] Vafoti

1997 -yil, yoz faslining iyul tongida, Ocean Drive dan qaytayotgan Versace Miami Beach, Florida dagi uyi oldida otib ketilgan. U qotillikdan so'ng o'z joniga qasd qilgan Andrew Cunanan tomonidan o'ldirilgan. Politsiyachilarning aytishicha, Andrew Cunanan o'z joniga qasd qilishda aynan Versacening otib o'ldirgan quroldan foydalangan.[1]

Versace Italiyaga, Lake Como ga dafn etilgan.

1997 yil, sentabrda Versacening akasi Santo Versace Jorge Saud bilan birgalikda Versace holdingni yangi boshqaruvchilari etib e'lon qilindi. Giannining singlisi Donatella Versace loyihaning boshi hisoblanar edi. Elton John o'zining 1997 -yildagi The Big Picture albomini Versacega bag'ishladi.

[tahrir] Mukofotlari

[tahrir] Manbalar

[tahrir] Havolalar

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda