Georgiy lentasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bu maqola Avliyo Georgiy ordeni lentasi haqida. Aksiya uchun Georgiy lentasi aksiyasi maqolasiga qarang.
Qora-sariq Georgiy lentasi (1769-, 1833- va 1892-yillardagi statut boʻyicha)
Qora-toʻq sariq Georgiy lentasi (1913-yildagi statut boʻyicha)

Georgiy lentasi (ruscha: Георгиевская лента) – Avliyo Georgiy ordeni, Georgiy xochi, Georgiy medaliga tirkalgan ikki rangli lenta. Georgiy lentasini yana rus imperatori gvardiyasi matroslari hamda Georgiy bayrogʻi bilan taqdirlangan kemalar matroslari soyabonsiz shapkalariga taqishgan. Bundan tashqari, ushbu lentadan Georgiy bayroqlari elementi sifatida va bayroq hamda shtandart aksessuari sifatida ham foydalanishgan[1].

1917-yildan keyin Georgiy lentasi bu nom bilan birorta ham sovet davlat mukofotida ishlatilmagan. Sovet hukumati Georgiy lentasini taqiqlagan[2]. Lenta 1992-yilda Georgiy ordeni hamda Georgiy xochi bilan birga tiklandi.

Markaziy Osiyoning Rossiya tomonidan zabt etilishi uchun berilgan medaldagi Georgiy lentasi

Georgiy lentasi sovet davrida taqiqlangan boʻlishiga qaramasdan, u fashistlar Germaniyasiga qarshi olib borilgan urush davrida joriy qilingan bir necha mukofotga asos boʻlgan. Bular orasida Shuhrat ordeni, Gvardiya lentasi hamda „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali hamda SSSR Qurolli kuchlari Harbiy-dengiz flotining koʻkrakka taqiladigan znachogi bor. Gvardiya lentasi oʻz navbatida «Berlin olinganligi uchun» medalida ishlatilgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gvardiya ekipaji xotiranomasi. 1710-1910 (ruscha), Sankt-Peterburg, 1910 — 65-66 bet. 2015-yil 1-mayda qaraldi. 
  2. „Xalq komissarlari kengashining „barcha harbiylar huquqlarini tenglashtirish haqidagi“ qarori“ (ruscha). Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasi sayti. Qaraldi: 1-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]