Generalissimus

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Generalissimus (lotincha, generalissimus — eng oliy) — baʼzi mamlakatlar qurolli kuchlaridagi oliy harbiy unvon. Dastlab 1569-yil Fransiyada joriy etilgan. Rossiyada G. unvon sifatida Pyotr I tomonidan joriy etilgan (1716). A. D. Menshikov (1717), A. V. Suvorov (1799) va boshqalar shu unvonga sazovor boʻlishgan. Sobiq Ittifoqsa G. unvoni 1940 yil taʼsis etilgan va faqat I. V. Stalinga berilgan. XX asrda Ispaniyada F. Franko, Xitoyda Chan-Kayshi, KXDRda Kim Ir Sen va boshqalarning G. unvoni boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil