Gen koʻchishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Biologiya
Evolutsiya
Hayot daraxti
Mexanizm va jarayonlari

Moslashish
Genetik dreyf
Gen koʻchishi
Mutatsiya
Tabiiy tanlanish
Turlanish

Tadqiqotlar va tarix

Dalillar
Tarixi
Zamonaviy sintez
Ijtimoiy taʼsiri

Evolutsion biologiya sohalari

Kladistika
Ekologik genetika
Evolutsion rivojlanish
Odam evolutsiyasi
Molekular evolutsiya
Filogenetika
Populatsion genetika

Gen koʻchishi (yoki gen migratsiyasi) gen allellarining bir populatsiyadan boshqasiga oʻtishidir. Migratsiya allel chastotalarida (genning biror variantini tashuvchi organizmlar proporsiyasida) oʻzgarishlar paydo qilishi mumkin. Immigratsiya tayinli tur yoki populatsiyada shakllangan gen havzasiga yangi genetik variantlar qoʻshilishiga olib keladi.

Gen koʻchishi surʼatlariga taʼsir qiluvchi bir qancha omillar mavjud. Eng muhim omillardan biri harakatchanlikdir, yaʼni individning harakatchanligi naqadar yuqori boʻlsa, uning migratsion potensiali shu qadar katta boʻladi. Hayvonlar oʻsimliklardan ancha harakatchanroqdirlar, biroq oʻsimlik urugʻlari va changlari hayvon yoki shamol orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin.

Ikki populatsiya orasidagi muntazam gen koʻchishi ikki gen havzasining birikmasiga olib kelib, shu guruhlar orasidagi genetik farqni kamaytirishi mumkin. Shuning uchun gen koʻchishi turlanishga qarshi ishlaydi, zero u guruh havzalarini birlashtirib, oʻsha guruhlarda shakllanayotgan va yangi turlar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan farqlarni tuzatadi.