Gazanda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazanda, qichitqi oʻt (Urtica L.) — 1) gazandadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik yoki bir yillik oʻtlar turkumi. Barglari arra tishli, bulaklarga boʻlingan, qarama-qarshi joylashgan. Barglari va poyasi qichitqi tuklar bilan qoplangan. Gullari juda mayda, bir jinsli, barg qoʻltigʻidagi boshoqsimon toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi yongoqchasimon. Shim., kamroq Jan. yarim sharda hamda tropiklarda 40—50 turi tarqalgan. Oʻzbekistonda bitta turi bor. Soya, zah yerlar, dal al ar, bogʻlar va b. yerlarda usadi. Bu turdan tibbiyotda qon toʻxtatuvchi vosita sifatida foydalaniladi. Yosh novdalari isteʼmol qilinadi. Poyasidan arqon, dagʻal mato tuqishda ishlatiladigan iplar tayyorlanadi; 2) zoologiyada suvda va quruqlikda yashovchilar bilan sudralib yuruvchilarning umumiy nomi (q. Sudralib yuruvchilar), jonli tidda, kaltakesak, ilon, hasharotlar va urgimchaksimonlar singari badburush, yirtqich, zaharli yoki badboʻy maxluqlarga nisbatan ishlatiladigan soʻz.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil