David Hartley

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Gartlidan yoʻnaltirildi)

David Hartley (1705.30.8, Armli - 1757.28.8, Bat) -ingliz mutafakkiri, assotsiativ psixologiya asoschilaridan biri. Odamxulkini boshqarishda psixik jarayonlarning aniq qonuniyatlarini yaratishga intilar ekan, G. bunda Nyuton fizikasi tamoyillarini qoʻllab koʻrishga harakat qildi. G. fikriga koʻra, tashqi muhitdagi (efirdagi) tebranish sezgi organlarida, miya va muskullarda oʻziga xos tebranishni yuzaga keltiradi.

J. Lokk taʼlimoti izidan borgan G. birinchilardan boʻlib assotsiatsiya mexanizmini psixik faoliyatni tushuntirishning universal qoidasiga aylantirdi. G. fikricha, odamning ruhiy olami "birlamchi elementlar" (his qilinishlar)ning asta-sekin murakkablashib borishi natijasida ularning bogʻlanishi (assotsiatsiyasi) orqali paydo boʻladi. Rivojlanishga undovchi kuchlar — rohat va azobdir. G. taʼlimoti mexanistik boʻlishiga qaramay, psixikani tushunishda olgʻa tomon qoʻyilgan katta qadam boʻldi. Bu taʼlimot etika, estetika, ped., biol. kabi fanlar taraqqiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil