Gagat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gagat (yun. gagates — qora kahrabo) — toshkoʻmirning toʻq qora, oʻta yaltiroq turi. Qayishqoq. Sinish yuzasi chigʻanoqsimon. Qattiqligi 3—3,5. S ogʻ. 1,3—1,4. Dengiz loyqalari ostida koʻmilib qolgan daraxt qoldiqlarining metamorfizmga uchrashidan hosil boʻladi. Mezozoy va kaynozoy yotqiziqparida koʻpincha sof holda, baʼzan qumtosh, mergel, bir oz oʻzgargan toshkoʻmir va qoʻngʻir koʻmir qatlamlari orasida uyum yoki boʻlaklar shaklida uchraydi. G. oson jilolanadi. Sharq mamlakatlarida mayda zargarlik buyumlari (munchoq, tasbeh va b.) tayyorlashda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil