Furoʻgʻ Farruhzod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Furo'g' Farruxzod
Tavalludi 5-yanvar 1935-yil
Vafoti 13-fevral 1967-yil(1967-02-13)
(32 yoshda)
Tehron, Eron
Kasbi shoira, aktrisa, prodyuser
Ijod qilgan tillari Fors tili[1]
Fuqaroligi Pahlavi Iran

Furo'g' Farruxzod (19351967) — mashhur eronlik shoira, aktrisa va prodyuser.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furo'g' 1935 - yil Tehronda dunyoga kelgan. 13 - 14 yoshligidan she'rlar yoza boshlagan. 16 yoshida institutni bitirib, Parvez Shopurga turmushga chiqqan. Keyinchalik ayollar san'at kollejining tikuvchilik va rassomlik bo'limini tugatgan. Ilk kitobi 1952 - yilda "Asir" nomi bilan nashr ettirdi. Shu yili "Gunoh qildim, to'liq lazzat gunohi" nomli she'ri jurnalda bosilib, katta shov - shuv va oilaviy mojarolarga sabab bo'ldi. Furo'g' uyini tashlab ketib, ijarada yashay boshladi. 1955 - yil eri bilan ajrashadi va unga hukumat farzandi bilan uchrashishni ta'qiqlaydi. 1959 - yil shoira Italiyaga safarga chiqdi. Safardan qaytgach she'rlarini Nimo Yushij va Ahmad Shomlu uslubida yoza boshladi. Kinolarda prodyuserlik qildi. 1958 - yil "Bir olov" nomli ilk qisqa metrajli filmini montaj qildi. Qator filmlarda rol ijro etib, buyuk iste'dod egasi ekanligini namoyon etdi. Ko'plab mukofotlarga sazovor bo'ldi. 1967 - yil 13 - fevral kuni Furo'g' avtohalokat oqibatida dunyodan ko'z yumdi. Shoiraning "Qayg‘u guli" nomli saylanmasi ilk bora o‘zbek tilida 2019-yil "Akademnashr" nashriyoti tomonidan nashrdan chiqqan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Asir (1952)
  • Devor (1957)
  • Isyon (1959)
  • Qayta tug'ilish (1964)
  • Sovuq fasl boshlanishiga iymon keltiraylik (vafotidan keyin).

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]


  1. (unspecified title)