Foydalanuvchi:Doniyorsher Juraev/Rahmonqul Joʻrayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tarjimai xol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raxmonqul Joʻraev Joʻraboevich 1 aprel 1925 yil Tojikiston Respublikasi,Leninobod viloyati,Asht tumani,Punuk jamoatiga qarashli Togʻli Sarvak qishlogʻida dunyoga kelgan.Otasi Qoʻshqulov Joʻraboy haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, lekin Rahmonqul bir yoshga toʻlganda olamdan oʻtgan.Onasi Imomqulova Zarbibi esa 16 yoshiga etganda bu yorugʻ dunyoda Rahmonqulni yolgʻiz qoldirishadi.12 yoshidan jamoatidagi „Qizil yulduz“ kolxozida xisobchi boʻlib oʻzining ilk ish faʼoliyatini boshlaydi.

Kundaligidan parchalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Yoʻl uzra atrofga tikilib ketar ekanman Sovuq urushni oʻylab oʻsha laʼnati Gitlerni otib tashlashga shay insonlar oldida vatanimni ximoya qilishmi yoki bilmadim lekin kecha Toshkent vokzalida bir ofitserni miltigʻini ushlab oʻsha xorlik bilan oʻlib ketgan onamni koʻzlari yodimga kelib nemislarni bu qadar shiddat bilan bostirib kelishlari meni qoʻrqitar, qarshimda yuz emas atiga bir nemisni otaolishimdan xavotir bosardi“

Jang paytlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joʻrayev Rahmonqul 1944

,Ulugʻ Vatan urushining qirq yilligi ordeni,

Fayl:Joʻrayev Rahmonqulнинг Совет армияси ва флотининг 30 йиллиги ифтихорномаси.jpg
Sovet armiyasi va flotining 30 yilligi iftixornomasi


Ulugʻ Vatan urushning boshlanishi ularning oilasiga ham taʼsir koʻrsatib,1943 yil baxorida 18 yashar Rahmonqul oʻz vatanini ximoya qilish uchun frontga joʻnaydi.U avvaliga Chirchiq shahrida 13-inchi extiyotiy xarbiy tayyorgarlikdan oʻtib,1943-yilning iyunida 4-Ukraina frontidagi Suvorov nomli „Qizil bayroq“ ordenli 168-gvardiyachi artilleriya polkida jangga kiradi.1944 yili Qrim,Sevastopol,Kenigsbergni ozod qilinishida qatnashib, soʻng 3-Belorussiya frontining Orta-Viynbek yoʻnalishi boʻyicha Kenigsberg shahrini ozod qilishda qahramonlarcha jang qilgan.1945 yili 9 mayida gʻalabani oʻz hamdiyori Shamsiddin Ortiqov bilan qarshi oladi.Raxmonqul Joʻraev Ulugʻ Vatan urushida vayron boʻlgan joylarni qayta tiklashda.shuningdek Leningrad viloyatining Pushkin shahrida qatnashib sakkiz yildan soʻng serjant unvoni bilan oʻz ona qishlogʻiga qaytib keladi.Shu vaqtlarda 1948 yili Sovet Ittifoqining Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlishga musharraf boʻladi.Serjant Rahmonqul Joʻraev jangda koʻrsatgan xizmatlari uchun „Jasurligi uchun“, „Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“, „Kenigsberg ishgʻol qilinganligi uchun“, „Jangovar xizmatlari uchun“, „Sovet Armiyasi va flotining 30 yilligi uchun“, „Gʻalaba“ ordenlari va boshqa qator ordenu medallar bilan davlat tomonidan munosib taqdirlangan.

Faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

1977 yiliHalq ovozi nashriyoti 2010 yilЖўраев Раҳмонқул номидаги 52 ўртаумумтаълим мактаби

Xizmatdan soʻng 1951-1956 Oʻra teppa shahridagi pedagogika kollejini sirtki boʻlimini qizil diplom bilan yakunlagan.1952-1955 yillarda Punuk qishloq jamoatida butun halq ovozi bilan deputat etib saylanadi. Keyinchalik darhol 1956-1961 yillar oraligʻida Leninobod shahridagi pedagogika institutida „Oʻzbek tili va uning mohiyatlari“ sohasida oʻqituvchilik kursida taʼlim oladi.Rahmonqul Joʻraev 1955 yilda „Qizil yulduz“ nomli maktabga direktor etib saylanib va bu maktabda 12 yil rahbarlik qiladi.Uning tashkilotchilik qobiliyatini inobatga olinib,1967 yilda Togʻli Sarvak qishlogʻidagi „oktabr 50 yilligi“ yangi maktabiga direktor etib tayinlanadi.1973-1986 yillari esa Asht noxiyasi Qalam qishlogʻidagi oʻzbek maktabiga direktor va direktor oʻrinbosari boʻlib ish yuritadi.Maorif sohasidagi xizmatlari nazarga olinib, bir necha marta nohiya, viloyat hamda Tojikiston vazirligi iftixornomalari va ikki marotiba „Tojikiston halq maorifi aʼlochisi“ (1977 va 1985 yillarda) nishonlarining soxibiga aylangan. 1959-1963 yilllar oraligʻida Togʻli Sarvakdan taxminan 42 km janubga odamlar koʻchib tusha boshlashdi va u erlarni Pastki katta Sarvak deya atay boshlashdi. 1964-yil davlat tomonidan Pastki Sarvakdan qilgan xizmatlariga 500-kvadrat metr uy qurib yashashi uchun joy ajratib beriladi.Rahmonqul Joʻraev 16 aprel 2008 yili bu yorugʻ olamni tark etib Oriyon jamoatining Tojikoqjar qabristoniga dafn qilingan.

Farzandlari haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]