Fotiha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fotiha (arab. — ochmoq, boshlamoq) — 1) Qurʼonning birinchi (boshlangʻich) surasi nomi. Fotiha 7 oyatdan iborat boʻlib, unda Alloh taologa hamd, uning sifatlari, qiyomat kuni egasi ekanligi, ibodat, ixlos, duo, yolvorish, yaxshi ummatlarning zikri va yomon yoʻldan yurganlarning oqibati nima boʻlishi bayon qilingan; 2) biron voqea munosabati bilan oʻqiladigan duo, Qurʼonning ayrim qisqa suralaridan birini tilovat qilish. Islom anʼanasida fotiha — marhumning vafoti munosabati bilan oila aʼzolariga biddirilgan taʼziya. Bundan tashqari, „fotiha“ soʻzi unashtirish tushunchasini, shuningdek, yaxshi tilak tilash, tabriklash kabi koʻchma maʼnolarni ham anglatadi.