Gyustav Flober

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Flober Gyustavdan yoʻnaltirildi)

Gyustav Flober (Flaubert) (1821. 12.12, Ruan 1880.8.5, Kruasse, Ruan yaqinida) — fransuz yozuvchisi. Parij universitetining huquqshunoslik ftida oʻqigan. Yoshligidan hikoya, qissa yoza boshlagan. Asosan, "Bovari xonim" (1857) romani bilan shuhrat qozongan. "Salambo" (1862) romanida uzok. oʻtmishda (miloddan avvalgi 3-asrning 2yarmida) Qad. Rimning Karfagenga qarshi kurashlari tarixi tasvirlangan, pok muhabbatni tahqirlagan zoʻravonlik, nohaqlik fosh etilgan. "Avliyo Antoniyning aldanishi" (1874) falsafiy dramasida, xususan, xristian dinining gʻayritabiiy qonunlarini Antoniy obrazi orqali keng ochib bergan. "Hislar tarbiyasi" (1869) romani, "Buvar va Pekyushe" (1881, tugallanmagan) hajviy romani, "Siyqasi chiqqan haqiqat" parodiyasi (nashri — 1910) bor. F. rus yozuvchilari I. Turgenev, L. Tolstoy bilan yaqin ijodiy aloqada boʻlgan. Ijodi Rossiyadagi peshqadam adabiy jamoatchilik diqqatini oʻziga tortgan. M. P. Musorgskiy uning "Salambo" asari asosida opera yozgan. Isteʼdodli stilist boʻlgan F. jahon adabiyotida realizm taraqqiyotiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bovari xonim, T., 1976. Ad.: Reizov B. G., Tvorchestvo Flobera, M., 1955.