Feodosiy i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Feodosiy i, Buyuk (Theodosius) (taxm. 346—395) — Rim imperatori (379 y.dan). 380 y. ortodoksal xristianlik hukmronligini oʻrnatgan, arianlar va majusiylarni quvgʻin qilgan. Uning davrida Olimpiya oʻyinlari (majusiylarga xos deb) bekor qilingan. Aleksandriya kutubxonasi va majusiylarning koʻplab ibodatxonalari yondirib yuborilgan.