Fenomenalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fenomenalizm — falsafiy taʼlimot; bevosita bilish obʼyekti sezgilarning oʻzidangina iborat degan nuqtai nazarga tayanadi. Bu taʼlimot vakillarini falsafa tarixida ashaddiy va moʻʼtadil F. tarafdorlariga ajratiboʻrganishadi. Ashaddiy F. konsepsiyasi dunyo "gʻoyalar" majmuasi, "sezgilar kompleksno deb hisoblovchi (Berkli, empiriokrititsizm) subʼyektiv idealizm oqimiga yoki dunyoni bilish mumkinligini inkor etuvchi agnostitsizmgy. olib boradi. Bunday konsepsiya tarafdorlari fikricha, "sezgilar ortida nimalar yashiringanligini bilishimiz mumkin emas" (Yum). Moʻʼtadil F. vakillari orasida sezgilarda namoyon boʻluvchi obʼyektlarning real mavjudligini tan oluvchi va bunday obʼyektlarni (Lokk singari) moddiy obʼyektlar deb hisoblovchi noizchil materialistlarni ham, bu obʼyektlarni bilib olish mumkin boʻlmaydigan "narsa oʻzida"dir deb hisoblovchi kantcha agnostitsizm tarafdorlarini ham (Kant, Mill, Spenser) uchratish mumkin. F. 19—20-a.larda oʻtgan barcha pozitivistik taʼlimotlarga ham xosdir. F. neopozitivizm oqimida lingvistik va umuman semiotik shaklda namoyon boʻladi, chunki bu oqimning asosiy daʼvosi tajribani "obʼyektli" yoki "fenomenalistik" tilda ifodalab berishdan iboratdir. F. inglizamerika neorealizmiga ham xosdir.