Femistokl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Femistokl (miloddan avvalgi taxminan 525 miloddan avvalgi taxminan 460) — Afina sarkardasi, demokratik guruh rahbari, yunonfors urushlari davrida (493/492 yildan) bir necha bor arxont va strateg. Umumyunon qarshilik harakatini tashkil etishda hal qiluvchi rol oʻynagan. Afinani dengizda hukmron davlat boʻlishiga va Delos ittifoqi tuzilishiga erishgan.