Ibrohim Fayzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Fayzullayev Ibrohimdan yoʻnaltirildi)
Ibrohim Fayzullayev
Tavalludi 25-avgust 1933
Vafoti 25-fevral 2022
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston

Ibrohim Fayzullayev (1933-yil 25-avgust, Denov tumani Qayirma qishlogʻi – 2022-yil 25-fevral) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1993), usta paxtakor. Samarkand qishloq xoʻjaligi instituti agronomiya fakultetini tugatgan (1969). Denov tumanidagi general Sobir Rahimov nomidagi jamoa xoʻjaligida kzchi va hisobchi (1949—53). 1955-yildan shu xoʻjalikda bosh zootexnik, entomolog agronom (1960—65), bosh agronom (1965—70), Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasida boʻlim boshligʻi, bosh agronom (1970—71), Denov tumani qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash va sifati boʻyicha davlat bosh inspektori (1971—83). 1983-yildan shu tumandagi general Sobir Rahimov nomli jamoa xoʻjaligi (2001-yildan shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi raisi, F. rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikadagi ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biri boʻlib, paxta, gʻalla, pilla yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishib kelmoqda. Xoʻjalik hududini obodonlashtirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1990—95).