Fauna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fauna (lot. fauna — oʻrmon va dalalar xudosi, rim mifologiyasida hayvonlar podasi homiysi) — muayyan hududda yoki akvatoriyada yashovchi hayvon turlari majmui. F. hayvonlarning turli guruhidan tashkil topgan boʻlib, biror hudud faunistik kompleksining tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga keladi. Tundra, tayga, oʻrmon, dasht, yarim choʻl, choʻl, pantropik va boshqa faunistik komplekslar bor. Muayyan F.ni tashkil etgan faunistik komplekslar miqdori turlicha boʻlishi mumkin. Har bir hududning oʻz avtoxtonlari va immigrantlari bor. F. tarkibini oʻrganish natijasida undagi turlar boyligi aniqlanadi. Shunga koʻra, butun Yer shari yoki uning ayrim hududlari faunistik rnlashtiriladi. Fanda F. turli sistematik kategoriyalardagi (mas, biror hududdagi qushlar F.si, qoʻngʻizlar F.si va h.k.), maʼlum davrga oid (mas, miotsen davri F.si va boshqalar) yoki maʼlum geologik qatlamga mansub hayvonlarni ifodalash uchun "F." terminidan foydalaniladi. Hayvonot dunyosining sistematik tarkibi toʻgʻrisidagi yirik asarlar ham "F." deb ataladi (mas, Oʻzbekiston F.si va boshqalar).