Farhod GES

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Farhod gesSirdaryoning oʻrta oqimida, Farhod gidrouzelida joylashgan gidroelektr stansiya. "Uzbekenergiya" davlataksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi shoʻʼba korxona. GES qurilish haqida qaror 1942-yil 18-mayda qabul qilingan. GES qurilishi 1943-yil 10-fevralda umumxalq qurilishi sifatida — hashar yoʻli bilan boshlangan. 1948-yil 1gidroagregata ishga tushirilgan, 1949-yil iyun oyidan oʻrnatilgan umumiy quvvati 126 MVt boʻlgan 4 ta gidroagregatli stya toʻla quvvat bilan ishlay boshladi, 1951-yilda sanoat foydalanishiga qabul qilindi. Sirdaryo viloyati shahar va tumanlarini, shuningdek, "Bekobodsement", "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" kabi yirik korxonalarni elektr energiyasi bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 110, 35,6 kV kuchlanishda uzatiladi. Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi ("Energiya" birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2003-yilda 562 mln. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqardi.