Faktoring

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faktoring — bu boshqa iqtisodiy subʼektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi.


Faktoring (ing . factor — agent, vositachi) — kichik va oʻrta firma (mijoz)larga tijorat banklari va ularning shoʻʼba faktorfirmalari tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar turi. 16—17-a.larda savdo vositachilari tomonidan amaliyotga kiritilgan, keyinchalik mijozga aylanma kapital uchun kredit berishning bir turiga aylandi. F.da faktorfirma mijoz (tovar yetkazib beruvchi)lardan kdrzdorlarning qisqa muddatli karzlarini undirish huquqini sotib oladi va firmalarning qarzlarini (majburiyatlarini) mijozga toʻlaydi, yaʼni qarzni qaytarish muddatidan oldin uning 70—90%ni mijozga qaytaradi, qarzning qolgan qismi, foizlar chegirilgan holda qarzdorlar faktorfirma oldidagi oʻz qarzini batamom uzganidan keyin qaytariladi. F.da mijoz oʻzining qarzdorlaridan qarzni undirish huquqini faktorfirmaga oʻtkazadi.

Ayniqsa, Gʻarb davlatlarining iqtisodiy amaliyotida keng qoʻllaniladi. F. boʻyicha kreditlar muddati 90—120 kun atrofida, kredit foizlari rasmiy bank stavkasidan yuqori turadi.