FOREX

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FOREX (oʻqil. Foreks, inglizcha: foreign exchange market) bozori - banklararo bozor boʻlib, u xalqaro savdo aniq qayd etilgan valuta kurslaridan oʻzgaruvchan kurslarga oʻtganida, 1971-yilda shakllangan. Bunda bir valyutaning boshqa valyutaga nisbatan kursi oddiygina belgilanadi, yaʼni har ikki tomon rozi boʻlgan kurslar nisbati boʻyicha valyuta almashiniladi. Oʻz hajmiga koʻra mazkur bozor boshqa barcha bozorlardan katta hisoblanadi. Masalan, qimmatli qogʻozlar bozorining jahondagi kundalik hajmi qariyb 300 milliardni tashkil etadi. Holbuki, Forex bozorining kunlik hajmi 1-3 trillion dollar deb baholanadi.

Forex aksiyalar yoki valyuta fyucherslari kabi aniq savdo qilinadigan joyi yoʻq. Forex bozorida savdo bir yoʻla butun jahondagi yuzlab banklarda telefon va komputer terminallari orqali oʻtadi.

Bundan tashqari, fyuchers va fond bozorlarining yana bir jiddiy farqi va ayni paytda cheklovi bor - bunda savdo kun oxirida to'xtatilib, faqat keyingi kuni ertalab davom ettiriladi. Shu bois, agar siz Rossiya bozorida savdo qilayotgan, bozor uchun muhim ayrim voqealar esa AQShda yuz bergan boʻlsa, u holda ertalab bozor ochilishidagi holat siz kutganingizga mutlaqo toʻgʻri kelmasligi mumkin. Forex bozori kecha-yu kunduz 24 soat mobaynida ishlaydi va valyuta ayirboshlash butun ish haftasi davomida toʻxtamaydi. Amalda soat mintaqalarining har birida (yaʼni, London, Nyu York, Tokyo, Gonkong, Sidney va boshqa joylarda) valyutani kotirovkalash istagida boʻlgan dilerlar bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]