FIFA Jahon chempionati 2014 qurʼa jarayoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FIFA Jahon chempionati 2014 uchun oxirgi qurʼa marosimi 2013-yil 6-dekabrda Braziliyaning Baiya shtatidagi Mata de São João shahridagi Costa do Sauípe Resort mehmonxonasida,[1] mahalliy vaqt bilan 13:00da (UTC−3) boʻlib oʻtdi.[2] Marosimda 32ta ishtirokchi terma jamoalarni guruhlarga ajratishdi, jamoalar FIFA tomonidan savatchalarga mintaqalarga qarab taqsimlandi.

Taqsimlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rodrigo Hilbert, Dilma Rousseff, Joseph Blatter va Fernanda Lima Braziliyadagi jahon chempionati finalining qurʼa tashlash marosimida

Qurʼada jamoalarni taqsimlashda FIFA Dunyo reytingining 2013-yil oktabr oyidagi tutgan oʻrni orqali inobatga olindi.[3] FIFA 2013-yil noyabr oyidagi qurʼa boʻyicha ham aniqlashi mumkin edi, ammo baʼzi terma jamoalar saralash bahslarini yakunlab ulgurmaganligi bois oktabr oyi reytingidan foydalandi.[4] Braziliya oʻsha vaqtda kuchli 8talik oʻrinda ham yoʻq edi, ammo u mezbon davlat boʻlgani uchun 1-savatga tanlandi.[5] qolgan kuchli 7ta terma jamoa 2013-yil oktabr oyi reytingidan foydalanib qolgan savatchalarga taqsimlandi.

Jamoalar FIFA reytingi
Oktabr 2013
 Braziliya (mezbon) 11
 Ispaniya 1
 Germaniya 2
 Argentina 3
 Kolumbiya 4
 Belgiya 5
 Urugvay 6
  Shveysariya 7
 Niderlandiya 8
 Italiya 9
 Angliya 10
 Chili 12
 AQSh 13
 Portugaliya 14
 Yunoniston 15
 Bosniya va Gersegovina 16
 Kot-dʼIvuar 17
 Xorvatiya 18
 Rossiya 19
 Fransiya 21
 Ekvador 22
 Gana 23
 Meksika 24
 Kosta Rika 31
 Jazoir 32
 Nigeriya 33
 Honduras 34
 Yaponiya 44
 Eron 49
 Janubiy Koreya 56
 Avstraliya 57
 Kamerun 59

Qurʼa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Final bosqichi uchun eng oxirgi qurʼa jarayoni quyidagicha boʻldi, unga koʻra 32ta ishtirokchi jamoalar 4ta mintaqalari oldindan belgilangan savatchalarga joylandi. 1-savatchaga mezbon sifatida Braziliya terma jamoasi tanlandi, qolgan 7ta savatchaga FIFA 2013-yil oktabr oyidagi reytingi boʻyicha taqsimlandi (yuqoriga qarang).[5] Following a meeting of the competition's organising committee on 3 December, the composition of the other three pots were announced:[6]

1-savat (tanlangan) 2-savat (Afrika & Janubiy Amerika) 3-savat (Osiyo & Shimoliy Amerika) 4-savat (Yevropa)

 Braziliya (mezbon)
 Argentina
 Kolumbiya
 Urugvay
 Belgiya
 Germaniya
 Ispaniya
  Shveysariya

 Jazoir
 Kamerun
 Kot-dʼIvuar
 Gana
 Nigeriya
 Chili
 Ekvador

 Avstraliya
 Eron
 Yaponiya
 Janubiy Koreya
 Kosta Rika
 Honduras
 Meksika
 AQSh

 Bosniya va Gersegovina
 Xorvatiya
 Angliya
 Fransiya
 Yunoniston
 Italiya (2-savatga oʻtkazildi)
 Niderlandiya
 Portugaliya
 Rossiya

Qurʼa protsedurasi quydagicha:[7]

  1. Bitta Yevropa terma jamoasi 4-savatdan 2-savatga koʻchirildi va shundan keyin har bir savatda 8tadan terma jamoa joylashtirildi (qurʼa boʻyicha Italiya 2-savatga oʻtkazildi).[8]
  2. Qurʼa tartibi boʻyicha 1-savatdagi boshqa 7ta terma jamoa B guruhidan H guruhigacha tanlab olindi, 1-savatdan Braziliya esa A guruhiga oldindan tanlab olingan edi.
  3. Geografik boʻlinishni maksimallashtirish uchun, Janubiy Amerikaning 4ta tanlangan (1-savatdan) terma jamoasini joylashtirish jarayonida, qoʻshimcha savat (x savat) yaratildi. Oʻsha 4ta terma jamoa oʻrni toʻldirildi (qurʼa boʻyicha Urugvay 1- savatga oʻtkazildi).
  4. 2-savatdan boʻlgan yagona Yevropa terma jamoasi "x savatdan" olinib Janubiy Amerika jamoalari orasiga qoʻyildi (shuning uchun Italiya Urugvayning guruhiga tushdi); Bu jarayon bir guruhda 3ta Yevropa jamoasi joylashib qolishi oldini oldi.
  5. Qolgan barcha jamoalar ketma ketlik bilan savatlardan (misol: 2-savat, 3, keyin 4) harflar tartibidagi guruhlarga (misol: A guruhi, keyin B guruhi va hakozo) qurʼa yordamida ajratildi.
  6. Qolgan barcha erma jamoalar tartib bilan joylandi, oldindan tanlangan FIFA top 8ta terma jamoasi har bir hguruhning 1-jamoasi sifatida guruhlarga ajratildi (misol Braziliya A1 sifatida).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Key issues addressed at Brasilia meeting“. FIFA (28-iyun 2012). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2013.
  2. „2014 football World Cup draw to be known December 6“. IBN Live (21-mart). 2014-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2013.
  3. „FIFA sets 2014 seeding parameters“. ESPN (4-oktabr 2013). Qaraldi: 4-oktabr 2013.
  4. „World Cup 2014: England will not be seeded in Brazil next summer“. BBC Sport (17-oktabr 2013). Qaraldi: 17-oktabr 2013.
  5. 5,0 5,1 „Pot 1 seeds set for Brazil 2014 draws“. FIFA (17-oktabr 2013). 2015-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-noyabr 2013.
  6. „Draw procedures approved“. FIFA (3-dekabr 2013). 2014-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2013.
  7. „Final draw procedures“. FIFA (3-dekabr 2013). 2019-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-dekabr 2013. (Wayback Machine saytida 2019-03-18 sanasida arxivlangan)
  8. „Final Draw - Live commentary“. FIFA.com (6-dekabr 2013). 2013-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-dekabr 2013. (Wayback Machine saytida 2013-12-07 sanasida arxivlangan)