FIFA Fair Play mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

FIFA Fair Play mukofoti (ingl.: FIFA Fair Play Award) – FIFAning jahon bo‘ylab futbolga aloqador shaxslar yoki tashkilotlarning qilgan foydali ishlari, yaxshi sport hulqi yoki boshqa harakatlari uchun tan olib, topshiradigan mukofotidir. Mukofot 1987-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u alohida shaxslar (xususan, marhumlarga ham), jamoalar, ishqibozlar, tomoshabinlar, futbol uyushmalari/federatsiyalari va hatto futbol hamjamiyatlariga ham topshiriladi. Mukofot bir vaqtning o‘zida bir necha va kamida bitta nomzodga topshirilishi mumkin. 1994-yilda mukofot egasi aniqlanmagan.

2012-yil yakunlariga ko‘ra, O‘FF FIFA Fair Play mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofot O‘zbekiston terma jamoalari va klublarining OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda halol o‘yin shioriga amal qilib to‘p surishgani va bunda O‘FF prezidenti Mirabror Usmonovning hissasi qayd etilgani holda topshirildi.

References[tahrir | manbasini tahrirlash]